27.11.2026, Juma+8.6°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+8.6°CToshkent$11 987.89 27.11.2026

Qozog‘istonda chechenistonlik faol Rossiyaga topshirilmaslik uchun izolyatordagi videokamerani sindirdi | Daryo

Jahon 26.11.2026 22:33 0Daryo
Qozog‘istonda chechenistonlik faol Rossiyaga topshirilmaslik uchun izolyatordagi videokamerani sindirdi | Daryo

Sentyabr oyida The Insider Qozog‘iston Mansur Movlayev hamda Aleksey Navalniyning Sankt-Peterburgdagi shtabi sobiq ko‘ngillisi Yuliya Yemelyanovani Rossiyaga topshirish bo‘yicha muzokaralarni boshlagani haqida xabar bergandi.

Ikkala Rossiya fuqarosi ham Qozog‘istonda qo‘lga olingach, mamlakatdan boshpana so‘ragan, biroq rad javobini olgan. Iyul oyida ular Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga maktub yo‘llab, Rossiyaga topshirish jarayonini to‘xtatishni so‘ragan.

“Urushga qarshi qo‘mita konsullari”, Xalqaro inson huquqlari jamiyati (ISHR/IGFM) va “Kovcheg” loyihasi ham Qozog‘iston prezidentidan ekstraditsiyani to‘xtatish, faollarni ozod qilish va ularga uchinchi davlatga xavfsiz chiqib ketish imkonini berishni talab qilgan.

Movlayev Qozog‘istondagi tergov izolyatorida ikki marta o‘z joniga qasd qilishga uringan. 2026-yil sentyabrda yozgan xayrlashuv maktubida u “hech bo‘lmasa Yuliyani qutqarish” va uning Rossiyaga topshirilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan.

Rossiyada Movlayevga nisbatan tovlamachilik va ekstremizm, Yemelyanovaga nisbatan esa o‘g‘rilik ayblovi bilan jinoiy ish ochilgan.

O‘xshash yangiliklar