28.11.2026, Shanba+12.3°CToshkentUSD12 017.70EUR13 179.81RUB146.39
+12.3°CToshkent$12 017.70 28.11.2026

Toshkentning Oybek ko‘chasi hududida to‘rtta yangi avtobus bekati tashkil etildi | Daryo

O'zbekiston 28.11.2026 11:23 0Daryo
Toshkentning Oybek ko‘chasi hududida to‘rtta yangi avtobus bekati tashkil etildi | Daryo

Toshkent shahrining Oybek ko‘chasi hududida yangi jamoat transporti bekatlari tashkil etildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror eng yaqin bekatgacha uzoq masofani piyoda bosib o‘tishga majbur bo‘lgan aholining ko‘plab murojaatlari asosida qabul qilingan.

Endilikda avtobuslar quyidagi bekatlarda to‘xtaydi:

  • “Oybek” metro bekati — 22-yo‘nalish;

  • Fidokor ko‘chasi — 22-yo‘nalish;

  • Oybek ko‘chasi — 2, 12, 55, 80, 81, 97, 127 va 196-yo‘nalishlar;

  • Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasi — 2, 12, 22, 55 va 80-yo‘nalishlar.

Markazning qayd etishicha, yangi bekatlarni tashkil etish jarayonida yo‘lovchilar oqimini o‘rganish, harakat sxemasini ishlab chiqish, tegishli kelishuvlardan o‘tish va muhandislik kommunikatsiyalarini tortib kelish talab etiladi.

YHTEM fuqarolardan yangi bekat tashkil etish zarur bo‘lgan yoki yo‘lovchilar uchun sharoitlarni yaxshilash talab etiladigan hududlar bo‘yicha takliflarini Telegram’dagi @codd_tashkent_bot orqali yuborishlarini so‘radi.

21-sentyabr kuni Toshkentning Lutfiy ko‘chasida velosiped, elektrosamokat, elektroskuter va boshqa mikromobillik vositalari uchun mo‘ljallangan 2,4 kilometrlik alohida yo‘lak sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

Markaz mazkur tajribani poytaxtning boshqa ko‘chalarida ham qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganayotganini bildirgan. Maqsad avtomobillar, piyodalar va mikromobillik vositalari uchun aniq va alohida harakatlanish makonini shakllantirishdir.

O‘xshash yangiliklar