Toşkentdan Venaga töğridan töğri aviaqatnovlar yölga qöyiladi

Yangi havo yönalişining oçilişi Özbekiston va Avstriya işbilarmon doiralari örtasidagi bevosita muloqotni faollaştiriş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Şuningdek, yangi aviaqatnov turizm sohasida qöşimça imkoniyatlar yaratadi. Yevropalik sayyohlar boy tarix va betakror meʼmorçilikka ega Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy şaharlarga yanada qulay tarzda yetib kelişi mumkin böladi.
Öz navbatida, özbekistonlik yölovçilar uçun Venaga va u orqali Yevropa Ittifoqining boşqa mamlakatlariga sayohat qiliş imkoniyatlari kengayadi.
Aviakompaniya boş direktori Dilşod Xöjayevning taʼkidlaşiça, yangi yönalişni oçiş töğrisidagi qaror yölovçilarning talab va istaklarini örganiş natijasida qabul qilingan.
«Odamlar Yevropaga tungi qönişlarsiz va boşqa davlatlar aeroportlarida uzoq kutişlarsiz, qulay tarzda uçişni istaydilar. Biz uçun Vena - Yevropaga oçiladigan darvozadir», - dedi Dilşod Xöjayev.
Parvozlar jadvali va aviaçiptalar narxi
Parvozlar boşlanişi: 2027-yil aprel;
Qatnov kunlari: seşanba va juma;
Toşkent - Vena: 5 soat 10 daqiqa;
Vena - Toşkent: 6 soat 35 daqiqa;
Bir tomonlama aviaçipta narxi: 302 dollardan 910 dollargaça.
Aviaçiptalar savdosi allaqaçon boşlangan.



