27.11.2026, Juma+8.6°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+8.6°CToshkent$11 987.89 27.11.2026

“TikTok miyani o‘ldiradigan dahshatli narsa” — Qozog‘iston prezidenti

Boshqa 26.11.2026 22:59 0Gazeta
“TikTok miyani o‘ldiradigan dahshatli narsa” — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev TikTok platformasini, ayniqsa, yoshlarning miyasini o‘ldiradigan dahshatli narsa deb atadi, deya yozmoqda TASS.

“Biz qishloq aholisini internetdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga o‘rgatishimiz kerak. Hozir hamma smartfondan foydalanadi, lekin negadir u faqat qo‘ng‘iroq qilish, yozishish, balki qandaydir filmlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan deb o‘ylashadi, … va TikTok. Mana shu TikTok — insonning, ayniqsa, yosh yigit-qizlarning miyasini o‘ldiradigan dahshatli narsa”, — dedi Toqayev Moskvadagi AI Journey konferensiyasidan so‘ng sun’iy intellekt sohasidagi yosh iste’dodlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Toqayev Qozog‘istonda xalq raqamli iqtisodiyotini yaratishga intilayotganini qayd etdi. “Lekin smartfon yordamida, undan to‘g‘ri va mohirona foydalanilsa, shartli ravishda aytganda, qishloqda yoki ovulda o‘tirib ham pul topish mumkin. Agar u yerda internet ishlasa, albatta”, — dedi u.

“Men mana shuni xalq raqamli iqtisodiyoti deb atayman”, — ta’kidladi Toqayev. Ma’lumot o‘rnida, bu platforma faoliyati Qozog‘istonda taqiqlanmagan.

Qozog‘iston prezidenti bundan avval — o‘tgan oktabrda MDH ishtirokchi-davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ham TikTok`ni tilga olgandi.

“Yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash prinsipial jihatdan muhim — bu ta’lim, sog‘lom fikrlash va barkamol rivojlanishning asosi bo‘lib, yoshlarning TikTok mentaliteti va unga xos xatti-harakatlari kabi hodisani keltirib chiqargan internet diktatura sharoitida o‘ta muhim ahamiyatga ega”, — degandi u.

O‘xshash yangiliklar