27.11.2026, Juma+8.7°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+8.7°CToshkent$11 987.89 27.11.2026

Wunder Digital Uzbekistan kompaniyasi GALA 2026'da Top Performing Agency mukofotini oldi

Boshqa 26.11.2026 21:00 0Gazeta
Wunder Digital Uzbekistan kompaniyasi GALA 2026'da Top Performing Agency mukofotini oldi

Wunder Digital Uzbekistan kompaniyasi Global Agency Leadership Awards (GALA) 2026 doirasida Top Performing Agency nominatsiyasida e’tirof etilgan agentliklar qatoridan joy oldi. Taqdirlash marosimi 19-noyabr kuni ilk bor Janubiy Afrikada o‘tkazilgan reklama biznesi rahbarlarining xalqaro uchrashuvi doirasida bo‘lib o‘tdi.

GALA agentliklarning biznesni rivojlantirish, innovatsiyalar va mijozlar uchun qiymat yaratish borasidagi yutuqlarini e’tirof etadi. Tadbirning ishbilarmonlik dasturi markazida agentliklar biznes modellarining o‘zgarishi, iste’molchilar ishonchini oshirish va marketing strategiyalarida sun’iy intellektdan foydalanish masalalari bo‘ldi. Soha ekspertlari reklama beruvchilar biznesining o‘sishiga ko‘maklashish uchun kompaniyalar va jamoalarni rivojlantirish, shuningdek, texnologik platformalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

wunder digital uzbekistan, reklama

Artyom Yeryomin, Wunder Digital Uzbekistan akkaunt direktori:

“GALA 2026 Kolumbiyadan Xitoygacha — dunyoning turli mamlakatlaridagi agentliklarda faoliyat yuritayotgan hamkasblarimiz bilan uchrashish, tajriba almashish va turli bozorlarda mijozlar bilan ishlashga oid yondashuvlarni muhokama qilish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Konferensiya juda yuqori saviyada o‘tdi, mukofotga sazovor bo‘lish esa biz uchun alohida sharaf bo‘ldi”.

Igor Kim, Wunder Digital Uzbekistan CEO‘si:

“Biz uchun Top Performing Agency mukofoti — Wunder Digital’ning O‘zbekistondagi jamoasi faoliyati va mijozlarimiz biznesini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasining muhim e’tirofidir. Turli mamlakatlar agentliklari orasida xalqaro darajada bunday yuqori bahoga sazovor bo‘lish biz uchun alohida ahamiyatga ega. GALA jamoasiga ishonch va e’tirof uchun minnatdorlik bildiramiz”.

Top Performing Agency — Launch of the Year, Fastest Growing Agency va Rising Star bilan bir qatorda GALA’ning to‘rtta asosiy nominatsiyasidan biri hisoblanadi. To‘rtinchi yillik GALA tadbiri 18−21-noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi va 30 dan ortiq mamlakatdan 150 ga yaqin agentlik rahbarlari, reklama texnologiyalari hamda reklama sohasi vakillarini birlashtirdi. Tadbir ilk bor Janubiy Afrikada o‘tkazildi. Avvalgi tadbirlar 2023-yilda Istanbulda, 2024-yilda Dohada va 2025-yilda Bangkokda bo‘lib o‘tgan.

Global Agency Leadership Awards haqida

Global Agency Leadership Awards — reklama agentliklari rahbarlari, texnologik platformalar vakillari va soha ekspertlarini birlashtiruvchi har yili o‘tkaziladigan xalqaro tadbir. Uning dasturi agentliklarni taqdirlash, biznesni rivojlantirish va yetakchilik mavzularidagi chiqishlar, shuningdek, turli bozorlar vakillari o‘rtasida professional tajriba almashishni o‘z ichiga oladi.

Reklama huquqlari asosida.

O‘xshash yangiliklar