12 yillik taʼlimni joriy etiş töğrisidagi qonun Senatga yuborildi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasida maktabgaça va maktab taʼlimi tizimi integratsiyasini taʼminlaşga qaratilgan qonun loyihasi uçinçi öqişda qabul qilindi.
Hujjat bilan bir yillik maktabga tayyorlovni majburiy umumiy örta taʼlimning dastlabki bosqiçi sifatida belgilaş taklif etilmoqda. Şuningdek, bolalarning uşbu tayyorlovdan ötiş huquqini kafolatlaş, maşğulotlarni maktabgaça va umumiy örta taʼlim taşkilotlarida taşkil etiş nazarda tutilgan.
Şu maqsadda «Maktabgaça taʼlim va tarbiya töğrisida»gi hamda «Taʼlim töğrisida»gi qonunlarga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.
Qayd etilişiça, yangi tartib maktabgaça va maktab taʼlimi örtasidagi uzviylikni taʼminlaş, bolalarni maktabga tayyorlaş sifatini oşiriş hamda ularning taʼlim oliş huquqlarini kafolatlaşga xizmat qiladi. Şuningdek, Özbekiston taʼlim tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş va fuqarolarning xorijda taʼlim olişi uçun qulaylik yaratiş közda tutilgan.
Qonun loyihasi Senatga yuborildi.



