24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Samarqanddagi universitet yopilishi mumkin — talabalar taqdiriga oydinlik kiritildi

Ta'lim 24.11.2026 18:04 0Sputniknews
Samarqanddagi universitet yopilishi mumkin — talabalar taqdiriga oydinlik kiritildi
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Samarqand xalqaro texnologiya universitetining 352 nafar talabasidan o‘qishini boshqa oliy ta’lim tashkilotida davom ettirish bo‘yicha arizalar qabul qilindi. Bu haqda Ta’lim va ilm-fan vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, “Sanoat energetika guruhi” MChJ muassisligida tashkil etilgan universitet 2022-yil 28-avgustda berilgan litsenziya asosida faoliyat yuritib kelgan. Unda 12 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 451 nafar talaba tahsil olmoqda.
Universitetda yuzaga kelgan tashkiliy va moliyaviy muammolar munosabati bilan talabalarning ta’lim olishini davom ettirish choralari ko‘rilmoqda.
Vazirlik ishchi guruhi talabalar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, vaziyatni o‘rgangan.
Vazirlik har bir talabaning ta’lim olish huquqi va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotganini ta’kidladi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand xalqaro texnologiya universiteti moliyaviy qiyinchiliklar tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Talabalar dars mashg‘ulotlari to‘xtab qolgani, o‘qishni davom ettirish va to‘langan kontrakt mablag‘lari bilan bog‘liq masalalar ochiq qolayotganidan shikoyat qilgan.
Ayni paytda universitetning rasmiy veb-sayti ham ishlamayapti. Saytga kirishda akkaunt faoliyati to‘xtatilgani haqida xabar chiqmoqda.
Vazirlikning rasmiy munosabatida universitet faoliyati butunlay to‘xtatilishi yoki to‘langan kontrakt mablag‘larining taqdiri haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun: Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida tashkil etilgan.

Joriy o‘quv yili universitetda 7-sentabr kuni boshlangan edi.

KengaytirishYig‘ishtirish

O‘xshash yangiliklar