24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Özbekiston ingliz tilini biliş böyiça «juda past» darajadagi guruhda qoldi

Ta'lim 24.11.2026 18:50 0Kun.uz
Özbekiston ingliz tilini biliş böyiça «juda past» darajadagi guruhda qoldi

Özbekiston ingliz tilini biliş böyiça EF English Proficiency Index 2026 jahon reytingida 101-örinni egalladi. Mamlakat 421 ball töpladi, bu ötgan yilgiga nisbatan 8 ballga kam. Ötgan yilgi reytingda Özbekiston 429 ball bilan 104-örinda qayd etilgan edi. Reytingdagi örni yaxşilangan bölsa-da, umumiy ball pasaydi va mamlakat hamon «juda past daraja» toifasida qolmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasida Özbekiston beşta mamlakat içida törtinçi örinni egalladi:

  • Turkmaniston: 71-örin, 476 ball

  • Qirğiziston: 90-örin, 445 ball

  • Qozoğiston: 99-örin, 424 ball

  • Özbekiston: 101-örin, 421 ball

  • Tojikiston: 110-örin, 405 ball

Sobiq sovet mamlakatlari orasida eng yaxşi natijani Gurjiston körsatdi: 32-örin va 540 ball. Belarus 37-, Moldova 39-, Ukraina 41-, Armaniston 45-, Rossiya 49- va Ozarboyjon 85-örindan joy oldi.

Jahon reytingida birinçi örinni Şvetsiya (615 ball) egalladi. Undan keyingi örinlarda Avstriya (613) va Daniya (612) bormoqda.

Reytingni kim tuzadi?

Indeks Signum International AG tomonidan eʼlon qilinadi, uni ötkaziş va tayyorlaş bilan esa boş qarorgohi Syurixda joylaşgan EF Education First xalqaro taʼlim kompaniyasi şuğullanadi. Bu ingliz tilini biliş darajasi böyiça mamlakatlar, mintaqalar va şaharlarning eng yirik reytingidir. EF uşbu indeksni 2011-yildan buyon har yili çop etib keladi, Özbekiston esa unga 2018-yildan beri kiritiladi.

Test sinovlari qanday ötkazildi?

Maʼlumotlar EF SET (EF Standard English Test) testi yordamida olingan. Bu öqiş, tinglab tuşuniş va boşqa könikmalarni tekşiradigan bepul onlayn testdir. 2026-yilgi natijalar 2025-yilda test topşirgan 117 ta mamlakat va mintaqadagi 2,3 milliondan ortiq katta yoşlilarning natijalariga asoslangan. Mamlakat reytingga kiritilişi uçun kamida 400 kişi test topşirgan bölişi kerak. Davlatlar beş toifaga bölinadi: juda yuqori, yuqori, örta, past va juda past daraja. Sönggi toifaga 450 balldan past natijalar kiradi.

Nimalarga eʼtibor qaratiş lozim?

O‘xshash yangiliklar