25.11.2026, Chorshanba+13.6°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+13.6°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Buzilgan yöl qaçon tiklanadi? Buvaydaliklar loy keçmoqda

O'zbekiston 25.11.2026 17:37 0Kun.uz
Buzilgan yöl qaçon tiklanadi? Buvaydaliklar loy keçmoqda

Kun.uz’ga murojaat qilgan buvaydaliklar avgustda boşlangan iş bir muddat faol davom etib, asfaltni köçiriş tuşunarsiz sabablarga köra töxtab qolganini aytadi.

“Mana şu abgor yölning yoqasida maktab, texnikum, şifoxonalar joylaşgan. Öquvçilarning taʼlim muassasalariga qatnaşi qiyin bölyapti. Bu yölning holati aslida qoniqarli, köp joylari yangidan qilingan edi. Beton yöl qilamiz deb, kavlaşga kavlaşib, işni çala taşlab ketişdi. Yomğir yoğsa suv yölda töplanib kölmak hosil bölyapti. Tez yordam çaqirsangiz, uning öziga yordam körsatişga töğri kelyapti”, deydi murojaatçilardan biri.

Çala taşlab ketilgan yölning umumiy uzunligi taxminan 4 km. Yozda köça çangib, uylarga kirdi, uyda ötirib bölmay qoldi. Yöldan ötgan maşinalar çangga kömilib qolaverdi. Maşinasini ayagan taksiçilar bu yildan ötmay qöyganiga ança böldi. Tez yordamdagilar ham bu yöldan ötişga oğrinadi”, deydi boşqa bir murojaatçi.

Image

Kun.uz muxbiri Buvayda tumani Yöllardan foydalaniş davlat muassasasi direktori Haliljon Mamajonov bilan boğlandi.

“Uşbu yöl prezident qarori bilan, Osiyo taraqqiyot bankining dasturiga tuşgan. Tenderni “Nembus” degan firma yutib olgan. Buyurtmaçi - “Özavtoyölinvest”. Bugundan texnikalari keldi, quvurlarining 80 foizini olib kelib qöygan, iş boşlaniş arafasida.

Reja böyiça yölni beton qoplamali qilib töliq taʼmirlaş işlari 2027-yil 4-çoragida nihoyasiga yetişi kerak. Dastur doirasida jami 6 kilometr 400 metr yöl qismi rekonstruksiya bölişi rejalaştirilgan”, deydi Xaliljon Mamajonov.

Maʼlumot uçun, 2023-yil 29 dekarbda Özbekiston hukumati va Osiyo taraqqiyot banki örtasida “Sement-beton qoplamali içki yöllarni quriş” loyihasi uçun qarz bitimi imzolangan. Bitim doirasida OTB 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yil muddatga 240 mln dollar ajratişi belgilangan. Qarz mablağlarini özlaştirişning oxirgi muddati 2026-yil 15-iyul deb körsatilgan.

Loyiha respublika böyiça jami 841 km, Farğona viloyatida 62 km yöllarni rekonstruksiya qilişni nazarda tutadi.

O‘xshash yangiliklar