Çet el avtomobillarining Özbekistonda böliş muddati uzaytirilişi mumkin

Özbekistonda çet el avtotransport vositalarining mamlakat hududida böliş muddati 90 kundan 180 kungaça uzaytirilişi mumkin. Bu Qonunçilik palatasi birinçi öqişda qabul qilgan bojxona maʼmuriyatçiligi va taşqi savdo tartiblarini soddalaştiriş haqidagi qonun loyihasida nazarda tutilgan.
Qonun bilan Bojxona kodeksida çet el avtomobillarini olib kiriş va olib çiqiş tartibi özgartiriladi. Bojxona tölovlarini keçiktirib tölaş muddati ham 60 kundan 120 kunga oşiriladi.
Şuningdek, bojxona tölovlarini keçiktirib yoki bölib-bölib tölaşda hisoblanadigan foizlar Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasiga tenglaştiriladi. Tadbirkorlar uçun boş taʼminot summalarini kamaytiriş mexanizmi ham joriy etiladi.
Litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qiliş böyiça arizalar va ularga ilova qilinadigan hujjatlarni «Yagona darça» bojxona axborot tizimi orqali qabul qiliş imkoniyatlari kengaytiriladi.



