25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Toshkentda 800 ming so‘m evaziga intim xizmat ko‘rsatishga kelishgan erkak ushlandi

Jamiyat 25.11.2026 22:30 0Zamin
Toshkentda 800 ming so‘m evaziga intim xizmat ko‘rsatishga kelishgan erkak ushlandi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ayollarga pul evaziga intim xizmat ko‘rsatishga kelishgan 28 yoshli erkak qo‘lga olindi. U mijoz bilan 800 ming so‘m evaziga uchrashishga kelishgan.

Ma’lum qilinishicha, holat «Xavfsiz va sog‘lom yurt» profilaktik tadbiri doirasida aniqlangan. Erkak Telegram messenjeri orqali Chilonzor tumanida yashovchi ayol bilan intim xizmat ko‘rsatish evaziga 800 ming so‘m olishga kelishib olgan.

U navbatdagi mijoz bilan uchrashish uchun yo‘lga chiqqan vaqtida Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan ushlangan.

IIV matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190 va 194-moddalari bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Sud qaroriga asosan, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan va 1 million 320 ming so‘m jarima solingan.

Shuningdek, erkak avvalroq Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan ham sudlangani ma’lum qilingan.

O‘xshash yangiliklar