25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

«Yaşil belboğ», mikroörmon: kuzgi köçat ekiş işlari davom etmoqda

Jamiyat 25.11.2026 21:00 0Kun.uz
«Yaşil belboğ», mikroörmon: kuzgi köçat ekiş işlari davom etmoqda

Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasida Nukus şahri atrofida 15 ming gektar maydonda «yaşil belboğ» örmonzorlarini barpo etiş işlari boşlandi.

Qarovsiz yerlar örnida yangi boğlar

Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida kuzgi mavsumda 1,1 million tupdan ortiq daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan. Vobkent tumanida esa bir gektar maydonga ming tup mevali va manzarali daraxt köçati ekilib, içki işlar bölimi boği taşkil etildi.

Qaşqadaryo viloyatining Nişon tumanida tört gektardan ortiq foydalanilmayotgan yer maydoni boğga aylantirilmoqda. Hozirga qadar mazkur hududga 3 mingga yaqin köçat ekilgan. Joriy yil kuzida viloyat böyiça 11 milliondan ortiq daraxt va buta köçatlarini ekiş közda tutilgan.

Namangan viloyatining Töraqörğon tumanida ham kökalamzorlaştiriş uçun ikki gektar maydon ajratilib, mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Aholi uçun yangi yaşil hududlar taşkil etilmoqda

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida bir gektardan ortiq maydonni egallagan dam oliş maskaniga 3 mingga yaqin daraxt va buta köçatlari ekildi. Hududda örindiqlar örnatilib, aholining dam olişi uçun zarur şaroitlar yaratildi.

Surxondaryo viloyatining⁠ Şörçi tumanidagi Sovjironbobo mahallasida mikroörmon taşkil etişga kirişildi. Jizzax viloyatining⁠ Zafarobod tumanida esa aholi xonadonlariga mevali va manzarali daraxt köçatlari tarqatildi.

Şuningdek, Farğona viloyatining Beşariq tumanidagi «Yangi hayot» hamda Toşkent şahrining Olmazor tumanidagi «Olimpiya» mahallalarida ham köçat ekiş tadbirlari ötkazildi.

O‘xshash yangiliklar