NASA tovuşdan tez uçuvçi samolyotga ega böldi

NASA 2026-yil 23-noyabr kuni X-59 QueSST (Quiet SuperSonic Technology - kam şovqinli, tovuşdan tez uçiş texnologiyasi) eksperimental samolyotiga bölgan barça huquqlar agentlikka ötkazilganini maʼlum qildi. Uşbu muhim bosqiç 18-noyabr kuni, samolyot Kaliforniyadan Floridaga borib qaytganidan söng yakunlangan.
Tovuşdan tez uçuvçi yölovçi avialaynerlarini qaytariş uçun zamin yaratişga qaratilgan NASA dasturi doirasidagi ilk parvozdan bir yil ötib, X-59 birinçi marta Kaliforniyadan şarqqa - Floridadagi Kennedi nomidagi kosmik markaz tomon yöl oldi.
Samolyot NASA tomonidan taşkil etilgan MAX POWER aviaşousida iştirok etişi rejalaştirilgan edi. Biroq noqulay ob-havo tufayli yuzaga kelgan keçikişlar uning tadbirning namoyiş dasturida qatnaşişiga tösqinlik qildi.
NASA maʼlum qilişiça, Kaliforniyaning Edvards hududidagi Armstrong nomidagi tadqiqot markazida parvoz sinovlari davom etayotganiga qaramay, yaqin vaqtgaça samolyotning rasmiy egasi uni işlab çiqqan Lockheed Martin kompaniyasi bölib qolgan.
Şartnomani yakunlaşning muhim bosqiçlaridan biri hisoblangan qabul qiliş tekşiruvi NASA bilan hamkorlikda ötkazilganidan söng, Lockheed Martin Skunk Works samolyotni agentlikka topşirdi.
X-59 40 ta sinov parvozini amalga oşirdi
2025-yil 28-oktabrdagi ilk parvozidan buyon X-59 bort tizimlarini dastlabki tekşirişdan tortib, tovuşdan yuqori tezlikdagi sinovlargaça bölgan bosqiçlarni bosib ötdi.
Parvoz rejimlari diapazonini bosqiçma-bosqiç kengaytiriş QueSST dasturi doirasida samolyot çiqaradigan şovqin darajasini baholaş bosqiçiga tayyorgarlik köriş uçun zarur.
NASA maʼlumotlariga köra, ilk parvozning bir yilligi - 2026-yil 28-oktabrga kelib, X-59:
40 ta sinov parvozini amalga oşirgan;
17,1 kilometrdan ortiq balandlikka kötarilgan;
dastlab özlaştirilgan tovuşdan past tezlikdagi parvoz rejimlaridan ança yuqori rejimlarda işlaş qobiliyatini namoyiş etgan.



