Xitoyda faqat gumanoid robotlardan iborat K-pop qizlar guruhi yaratilmoqda (video)

Xitoydagi mahalliy musiqa va konsert agentligi — G-DRAGON robototexnika sohasining yetakchilaridan biri bo‘lgan Unitree Robotics kompaniyasi bilan hamkorlikda noodatiy loyihaga qo‘l urdi. Tomonlar barcha a’zolari to‘liq gumanoid robotlardan iborat bo‘lgan K-pop qizlar guruhini tashkil etmoqda.
Gonkongdagi ilk chiqish va 2027 yilgi debyut
Loyiha doirasida e’lon qilingan maxsus videolavhada robot-ijrochilarning sahna harakatlari va xoreografiyasi namoyish etilgan. Xususan, gumanoid robotlar 16 noyabr kuni Gonkongda bo‘lib o‘tgan MACH 33 moda namoyishida musiqa sadolari ostida raqsga tushib, tomoshabinlar e’tiborini tortgan.



