24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

NASA vaznsizlikda muallaq turgan saraton hujayralarini körsatdi

Texnika 24.11.2026 12:10 0Kun.uz
NASA vaznsizlikda muallaq turgan saraton hujayralarini körsatdi

Ötgan oy dunyoning turli burçaklaridan olimlar va suratkaşlar har yili ötkaziladigan Nikon Small World mikrofotografiya tanlovida qatnaşdi. Bu yil 52-marta ötkazilgan tanlovda ular odatda oddiy köz bilan körib bölmaydigan olamni namoyiş etdi. NASA va Encapsulate hamkorligidagi Encapsulate-1 tajribasi esa ana şunday olamni kosmik stansiya bortida tasvirga oliş imkonini berdi.

Suratda saraton hujayralari mikrogravitatsiya şaroitida muallaq turgani körinadi. Encapsulate mutaxassislari şu şaroitda metastazlaniş, yaʼni saraton hujayralarining birlamçi ösmadan tananing boşqa qismlariga tarqaliş modelini yaratmoqda. Ular bu model kelajakda saratonni erta bosqiçda davolaşga va ösma hujayralarining organizm böylab tarqalişining oldini olişga yordam berişidan umidvor.

Encapsulate Inc. - AQŞning Konnektikut ştatidagi bioçiplar yaratişga ixtisoslaşgan tibbiy startap. Ötgan yili qöşma loyiha NASAning In Space Production Applications (InSPA) dasturi doirasida 3,63 million dollarlik grant olgan. Olimlar mikrogravitatsiya şaroitida metastazlaniş mexanizmlarini batafsil örganişni, kelajakda esa bu jarayon qanday keçişini oldindan aytib berişni maqsad qilgan.

Xalqaro kosmik stansiya orbitaga çiqarilganidan buyon qariyb 30 yil ötdi. Şu vaqt içida uning bortida köplab murakkab ilmiy tadqiqotlar olib borildi. NASA maʼlumotiga köra, olimlar stansiyada 4 mingdan ortiq tajriba ötkazgan. Orbitadagi tadqiqotlarning salmoqli qismi biologiya va biotexnologiyaga, jumladan, tibbiyotda yangi usullar yaratişga bağişlangan.

Yangi davolaş usullarini işlab çiqiş köp vaqt talab etadi. XKSda saraton hujayralari ustida olib borilayotgan tadqiqotlar ham kelajakda köplab insonlarning hayotini saqlab qolişga yordam berişi mumkin. Tibbiyotdagi kaşfiyotlar köpinça Yerdagi laboratoriyalarda qilinadi, ayrimlari uçun esa kosmik laboratoriya şaroiti kerak böladi.

O‘xshash yangiliklar