24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Xitoy ilk atom superaviataşuvçisini 2027-yildayoq suvga tuşirişi mumkin

Texnika 24.11.2026 11:40 0Kun.uz
Xitoy ilk atom superaviataşuvçisini 2027-yildayoq suvga tuşirişi mumkin

Yangi kemaning paydo bölişi Xitoyning Yaponiya va AQŞ bilan munosabatlarini yanada keskinlaştirişi mumkin. Har ikki davlat Xitoyning harbiy salohiyati qanday ösib borayotganini diqqat bilan kuzatmoqda.

Defence Priorities tahlil markazining Osiyo dasturi direktoriga köra, Xitoy şimolidagi Dalyan port şahrida qurilayotgan kema bortiga 75 tadan 90 tagaça uçiş apparatini olişi mumkin. Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) maʼlumotiga köra, oktabrda kemaning hali bitkazilmagan tumşuğidan orqa qismigaça bölgan masofa qariyb 322 metr, korpusining eni esa taxminan 46 metr bölgan.

CSIS mutaxassislari Type 004 kemasini Xitoy Harbiy-dengiz kuçlari tarkibidagi «boşqa har qanday toifadagi suv usti kemalaridan ança yirik» deb taʼriflagan. Sunʼiy yöldoşdan va havodan olingan suratlarda kemaning asosiy korpusi şakllangani körinadi. Singapurdagi Nanyan texnologiya universitetining katta ilmiy xodimi Kollin Ko şu belgilarga asoslanib, kemani 2027-yilda suvga tuşiriş mumkin deb hisoblaydi. Aviataşuvçi flot safida xizmat boşlaguniça esa yana beş yildan ön yilgaça vaqt ötişi mumkin.

Type 004 texnik körsatkiçlari böyiça hozirda Xitoy flotining eng yirik aviataşuvçisi sanalgan «Futszyan»dan biroz ustun bölişi kutilmoqda. Xizmatdagi uç aviataşuvçi kabi yangi kemaga ham Xitoy provinsiyalaridan birining nomi berilişi ehtimol.

Hozirgi maʼlumotlar Type 004 kemasini superaviataşuvçilar toifasiga kiritiş uçun asos beradi. Bunda uning elektron tizimlari, suv siğimi va bortga qança uçiş apparati joylaşa olişi hisobga olingan.

Tahlilçilarning bahosiga köra, atom kuç qurilmasi samolyotlarni palubadan uçirişga xizmat qiladigan elektromagnit tizimni Xitoyning hozirgi kemalaridagidan köproq energiya bilan taʼminlaydi. Bunda bortga qöşimça generatorlar örnatişga ehtiyoj qolmaydi. Harbiy mojaro paytida samolyotlarni foydali yuk oğirligini çeklamasdan tezroq uçiriş mumkin böladi. Samolyotlarni navbatdagi parvozga tayyorlaş va ularga yonilği quyiş tezlaşişi hisobiga jangovar parvozlar orasidagi vaqt ham qisqarişi kutilmoqda.

Tahlilçilar törtinçi aviataşuvçi Xitoy flotini AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari bilan raqobatlaşa oladigan darajaga yaqinlaştiradi, deb hisoblamoqda. Yangi kema ölçamlari jihatidan AQŞning Nimitz va Ford toifasidagi aviataşuvçilariga yaqin bölişi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar