“Taʼmirtalab yöllarimiz 20 foizgaça” - Avtomobil yöllari qömitasi raisi

Videoni oçişPrezident Şavkat Mirziyoyev bugun Avtomobil yöllari qömitasining ilmiy-amaliyot markazida transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uçraşdi. Tadbirda iştirok etgan qömita raisi Jamşid Tursunov Kun.uz’ga bergan intervyusida taʼmirtalab yöllar uluşi ön yilda 70 foizdan 19 foizga tuşayotganini aytdi.
- Prezident bugun oldingizga qöygan vazifalarni uddalaşga közingiz yetadimi?
- Hurmatli Prezidentimiz tomonidan berilgan topşiriqlar sözsiz bajariladi. Davlatimiz rahbari doimo yöl xöjaligini rivojlantirişda, eng avvalo, sifatga eʼtibor qaratiş, malakali mutaxassislar tayyorlaş, qurilayotgan yöllarning mustahkamligi, xavfsizligi va aholi uçun qulayligini zamonaviy yondaşuvlar asosida taʼminlaş zarurligini taʼkidlab keladi. Biz zimmamizdagi uşbu vazifalarni bajarişga masʼulmiz. Öylaymanki, hurmatli Prezidentimizning yonida turib, ularning jamoasi sifatida bu vazifalarni amalga oşirişga kuç-qudratimiz yetadi.
- Neça yildan keyin “Özbekistonda yöl muammolari deyarli qolmadi!” deb ayta olasiz?
- 10 yil oldin Özbekistonda yöllarning 70 foizga yaqini taʼmirtalab edi. Ön yil içida sohaga ajratilgan mablağ va berilgan eʼtibor natijasida, raqamlarga qarasak, bu yil yakuni bilan körsatkiç 20 foizdan past böladi, yaʼni respublikadagi taʼmirtalab yöllar 19 foiz atrofida qoladi.
Ilgari, 10 yil yoki beş-olti yil oldin aholining asosiy murojaati “yölimni asfalt qilib bering, qaçongaça tuproq yölida yuraman, nega bolam çang yutib yoki loyga botib maktabga borişi kerak” degan salbiy munosabat bilan bölgan. Bugunga kelib esa aholi “trotuar qurib bering, yölimni yoritib bering, tezlikni kamaytiriş uçun sunʼiy tösiqlar örnatib bering”, deb murojaat qilmoqda.
Men bu bilan Özbekistonning hamma yöllari tekis, işimiz tugadi demoqçi emasman. Aytganimdek, 20 foiz atrofida taʼmirtalab yöllarimiz bor. Davlat-xususiy şerikçilik tamoyillari asosida yöl quriş topşiriğini berdilar. Biz şu yil yakunigaça har bir viloyat va tuman hokimi bilan joylarga çiqib, hududda yöl tarmoğini rivojlantiriş böyiça ikki yillik yoki uç yillik dasturlarni işlab çiqiş vazifasini oldik. Menimça, şu ikki-uç yil içida yöl xöjaligi sohasida yanada ijobiy tomonga keskin özgarişlar böladi.



