Özbekistonda poyabzallar ham markirovka qilinişi mumkin

Özbekistonda ayrim turdagi poyabzallar va transformatorlarni majburiy markirovkalaş tizimi joriy etilişi mumkin. Soliq qömitasi bu haqdagi hukumat qarori loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.
Loyihada taklif uçun prezidentning çarm-poyabzal va elektrotexnika sanoatlarini rivojlantirişga oid ikkita qarori asos qilib körsatilgan.
2026-yil 2-iyuldagi PQ-250-sonli qarorda, 2028-yil 1-yanvardan içki bozorda realizatsiya qilinadigan poyabzal mahsulotlariga majburiy raqamli markirovkalaş tizimini joriy qiliş közda tutilgan.
2026-yil 12-sentabrdagi PQ-325-sonli qarorda esa, majburiy markirovkalaş talabi 2027-yil 1-yanvardan transformatorlarga nisbatan ham joriy etilişi belgilangan.
Soliq qömitasi eʼlon qilgan hukumat qarori loyihasi bilan, içki bozorda realizatsiya qilinadigan ayrim turdagi poyabzal mahsulotlari va transformatorlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalaşni:
2027-yil 1-yanvardan boşlab - tajriba tariqasida;
2028-yil 1-yanvardan boşlab - majburiy tartibda joriy etiş taklif qilinmoqda.
2028-yil 1-yanvarga qadar işlab çiqarilgan yoki import qilingan raqamli markirovkalanmagan poyabzal mahsulotlari va transformatorlar qoldiqlarini realizatsiya qilişning oxirgi muddatlarini quyidagiça belgilaş nazarda tutilyapti:
işlab çiqaruvçilar va import qiluvçilar tomonidan - 2028-yil 1-aprelga qadar;
ulgurji savdo subyektlari tomonidan - 2028-yil 1-iyulga qadar;
çakana savdo subyektlari tomonidan - 2028-yil 1-oktabrga qadar.
Qaysi turdagi poyabzallar haqida gap ketyapti?
Markirovkalaş talabini quyidagi TIF TN kodlariga mansub poyabzallarga nisbatan tatbiq etiş reja qilingan:



