25.11.2026, Chorshanba+14.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+14.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Tadbirkorlar uçun 2026-yil yakunigaça iqtisodiy amnistiya eʼlon qilindi

Iqtisod 25.11.2026 18:23 0Uza
Tadbirkorlar uçun 2026-yil yakunigaça iqtisodiy amnistiya eʼlon qilindi

Özbekistonda kiçik tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekşirişga uç yillik moratoriy joriy etildi hamda 2026-yil yakuniga qadar «Ikkinçi imkoniyat» iqtisodiy amnistiyasi eʼlon qilindi. Bu çoralar Prezidentning yuqorida nomi zikr etilgan farmoni bilan mustahkamlanib, tadbirkorlar bilan ötkazilgan VI oçiq muloqotda kötarilgan edi. Mazkur farmon öşanda tadbirkorlar tomonidan qayd etilgan 14 mingga yaqin murojaat yeçimiga qaratilgan. Murojaatlarda biznes vakillarini qiynayotgan tizimli muammolar hamda takliflar öz ifodasini topdi. Ularning yeçimi Prezidentning farmonida huquqiy jihatdan mustahkamlandi.

Farmonga muvofiq, kiçik tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini tekşirişga uç yillik moratoriy joriy etildi. Biroq jinoyat işlari doirasidagi tekşiruvlar bundan mustasno. Inson soğliğiga taʼsirni örganiş va mehnat qonunçiligiga rioya etilişini tekşiriş ham istisno hisoblanadi. Fuqarolar murojaatlari, QQSni qoplaş va korxonani tugatiş bilan boğliq tekşiruvlar ham saqlanib qoladi.

Moratoriy davrida noqonuniy tekşiruvlar uçun masʼul şaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Biznes-ombudsman taşabbusi bilan «Samarali nazorat» tadbiri ham ötkaziladi. Unda nazorat organlarining sönggi uç yillik tekşiruv materiallari joyiga çiqqan holda örganiladi. Aniqlangan qonunbuzilişlar böyiça tegişli çoralar köriladi. Huquqlari buzilgan tadbirkorlarning manfaatlarini tiklaş ham nazarda tutilgan.

Islohotlarning amaliy natijalari Jizzax viloyati misolida yaqqol namoyon bölmoqda. Biznes-ombudsmanning «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi maʼlumotlariga köra, 2025-yilning 28-avgustidan 20-noyabriga qadar 1285 ta tekşiruv taşabbus qilingan. 2026-yilning şu davrida mazkur körsatkiç 723 tani taşkil etgan. Natijada tadbirkorlik subʼektlarida tekşiruvlar qariyb 45 foizga kamaygan.

2027-yil 1-yanvardan nazorat tizimida qöşimça yengilliklar kuçga kiradi. Birinçi marta qoidabuzarlik sodir etgan tadbirkorga darhol moliyaviy jarima qöllanmaydi. Agar fuqarolar hayoti, soğliği va özgalar mulkiga zarar yetkazilmagan bölsa, tadbirkorga faqat ogohlantiriş beriladi. Kamçiliklarni bartaraf etiş uçun esa ön kun muddat ajratiladi.

Şuningdek, yil davomida takroriy tekşiruvlar Biznes-ombudsman ruxsati bilan ötkaziladi. Kameral soliq tekşiruvlari uşbu tartibdan mustasno. Örta va yirik tadbirkorlik subʼektlari uçun ixtiyoriy soliq auditi tajribasi joriy etiladi. Bu mexanizm 2027-yil 1-yanvardan 2028-yil 31-dekabrgaça amal qiladi. Aniqlangan kamçiliklar 30 kun içida bartaraf etilsa, moliyaviy jarimalar qöllanmaydi.

Farmonda tadbirkorlarning moliyaviy yukini kamaytirişga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Şu maqsadda 2026-yil 31-dekabrga qadar «Ikkinçi imkoniyat» iqtisodiy amnistiyasi eʼlon qilindi. Uşbu imkoniyat kiçik va örta tadbirkorlik subʼektlariga taalluqlidir.

Soliq qarzi belgilangan muddatda töliq tölansa, hisoblangan penya hisobdan çiqariladi. Bunda ijro işlari ham tugatiladi. Soliq hisobotiga mustaqil tuzatiş kiritib, qöşimça soliq öz vaqtida tölansa, penya hisoblanmaydi. Mustaqil ravişda xatolarini tuzatgan tadbirkorlarning barqarorlik reytingi ballari pasaytirilmaydi.

2026-yil 1-yanvarga qadar şakllangan ayrim tölanmagan jarimalar ham hisobdan çiqariladi. Ilgari rasmiylaştirilgan mehnat şartnomalarini Yagona milliy mehnat tizimiga keçiktirib kiritiş uçun jarima qöllanmaydi.

2026-yil 1-noyabrdan energiya taʼminoti böyiça ham yengilliklar amal qila boşladi. Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimlariga (EHNAT va TGNHAT) ulangan tadbirkorlar uçun oldindan tölov miqdori 15 foiz etib belgilandi. Bu tartib masofadan boşqariladigan hisoblagiçlarga ega subʼektlarga tatbiq etiladi. Sönggi ikki oyda tölov intizomiga rioya qilmaganlar bundan mustasno. Elektr va gaz sarfi böyiça yozma hisobot topşiriş majburiyati bekor qilindi. Şartnomalarni qoğoz şaklida rasmiylaştiriş tartibi ham tugatildi.

Farmondagi eng muhim kafolatlardan biri «tadbirkorlik subʼektining haqlilik prezumpsiyasi»dir. U davlat organlari va tadbirkorlar örtasidagi ommaviy huquqiy munosabatlarda amal qiladi. Endilikda tadbirkorning qonunga muvofiq harakat qilgani asos qilib olinadi. Davlat organi esa öz qarorining qonuniyligi va asosliligini isbotlaşi şart. Qonunçilikdagi bartaraf etib bölmaydigan noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi.

Maʼmuriy sud davlat organiga qarorni qayta körib çiqiş majburiyatini yuklaşi mumkin. Bunday holatda qaror tadbirkor ahvolini oğirlaştirmasligi şart. Davlat organi sud qarori kuçga kirganidan keyin 30 kun içida qayta körib çiqişi lozim.

Mazkur kafolatlar tadbirkorlik erkinligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, davlat nazorati qonuniylik va masʼuliyat tamoyillariga tayanişi mustahkamlanmoqda. Bu esa işbilarmonlik muhitini yaxşilaş va iqtisodiy faollikni rağbatlantirişga xizmat qiladi.

Şohrux Ğayirov,
Biznes-ombudsman devoni

Jizzax viloyat şuʼbasi masʼul xodimi.

ÖzA

O‘xshash yangiliklar