“Dahşatli xatolarga yöl qöydim”. Nvidia rahbari xodimlaridan uzr söradi

Nvidia boş direktori Jensen Xuang lavozimiga qaytganidan söng nikohdan taşqari aloqalari atrofidagi mojaro tufayli kompaniya xodimlaridan uzr söradi va öz xatolarining jiddiyligini tan oldi. Bu haqda bugun, 24 noyabr kuni “The New York Times” (NYT) gazetasi xabar berdi.
“Men dahşatli xatolarga yöl qöydim. Loriga (turmuş örtoğiga – tahr.) xiyonat qildim, farzandlarimga ozor berdim va, albatta, barçangizga ozor yetkazdim”, deya Xuangning sözlaridan iqtibos keltiradi naşr.
Gazeta ma’lumotlariga köra, Xuang lavozimiga qaytganining ertasi kuni bölib ötgan jamoaning umumiy yiğilişida har kuni 90 daqiqalik psixoterapiya seanslaridan ötayotganini aytgan. U, şuningdek, bir qismini özi yozgan korporativ xulq-atvor kodeksini buzişga yöl qöyib bölmasligini ta’kidlagan.
Şu bilan birga, Nvidia rahbari direktorlar kengaşi qarori bilan öz lavozimiga tiklangani boşqa xodimlarga kompaniyaning içki qoidalarini e’tiborsiz qoldiriş huquqini bermasligini urğulagan.
Bundan taşqari, Xuang direktorlar kengaşi uni AQŞ Prezidenti Donald Tramp bosimi ostida lavozimiga qaytargani haqidagi xabarlarni rad etgan. U bu da’volarni yolğon deb atab, kompaniya rahbariyati “butun vaziyatni baholagani”, zarur ma’lumotlarni töplagani va Amerika yetakçisi ma’muriyatidan Xuang milliy xavfsizlikka tahdid solmasligi haqida kafolat olganini tuşuntirgan.
Eslatib ötamiz, Nvidia joriy yilning 23 noyabr kuni Xuangni iste’foga çiqqanidan söng yana boş direktor lavozimiga qaytargan edi. Buning fonida korporatsiya aksiyalari dastlabki savdolarda 25 foizdan köproqqa qimmatlaşdi. “The Wall Street Journal” gazetasi ma’lumotlariga köra, Donald Tramp, vitse-prezident Jey Di Vens, şuningdek, boşqa yuqori martabali amaldorlar ikki kun davomida sobiq boş direktorning Nvidia’ga qaytişiga erişişga harakat qilgan.
“Financial Times” gazetasi Tramp Xuangning kompaniya boş direktori lavozimiga qaytişi e’lon qilinganidan söng Nvidia aksiyalari ösişidan 15 million dollargaça foyda olgan bölişi mumkinligini ma’lum qildi. “The Washington Post” gazetasining yozişiça, AQŞ Kongressidagi demokratlar Trampning Xuang lavozimiga qaytişiga aloqadorligini tergov qiliş niyatida.



