Holand öz familiyasidan foydalaniş huquqi uçun elektrçi bilan sudlaşmoqda

Norvegiya terma jamoasi va “Mançester Siti” hujumçisi Erling Holand öz familiyasini savdo belgisi sifatida röyxatdan ötkazgan polyak elektrçisiga qarşi sudga murojaat qildi. Bu haqda “The Sun” naşri xabar berdi.
Naşrning yozişiça, 2023 yilda Holand öz mahsulotlar liniyasini işga tuşiriş maqsadida familiyasini savdo belgisi sifatida röyxatdan ötkazişga uringan. Biroq u “Haaland” brendi allaqaçon Norvegiya va butun Yevropa Ittifoqida faoliyat yurituvçi Polşa fuqarosi Mixal Vonsga tegişli ekanini aniqlagan.
Futbolçining arizasi sport kiyimlari, oqsil qöşimçalari, energetik içimliklar, sport sumkalari, ayollar içki kiyimlari, alkogolli içimliklar, yogurt va öyinçoqlar kabi 16 ta mahsulot toifasini qamrab olgan.
Elektrçining ta’kidlaşiça, “Haaland” uning “High Advanced Activity Land” brendi qisqartmasi hisoblanadi.
Yevropa Ittifoqining Intellektual mulk idorasi (EUIPO) esa futbolçi tomonini qöllab-quvvatlab, elektrçining dalillarini işonarsiz deb topdi.
“Agar sözning dastlabki uçta harfi ‘High Advanced Activity’ iborasining qisqartmasi sifatida işlatilişi közda tutilgan bölsa, ‘Haaland’ sözini heç qanday tiniş belgilarisiz savdo belgisi sifatida himoya qilişdan ma’no yöq”, deyiladi qarorda.
Yakunda komissiya Vons Holandning nomi va maşhurligidan foyda oliş maqsadida yomon niyat bilan harakat qilgan, degan xulosaga keldi. Naşrning xabar berişiça, elektrçi uşbu qaror ustidan apellyatsiya şikoyati bermoqçi.
Ma’lumot uçun, 26 yoşli Holand 2022 yilning yozida “Mançester Siti”ga qöşilgan. Norvegiyalik futbolçi klub safida ikki marta Angliya çempionligi va Angliya kubogini, şuningdek, Angliya Superkubogi, Liga kubogi, Çempionlar ligasi hamda UEFA Superkubogi sovrinlarini qölga kiritgan. Joriy mavsumda hujumçi jamoa safida 15 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 14 ta gol urdi.



