23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Dollar kursi biroz pasaydi

Moliya 23.11.2026 17:55 0Spot
Dollar kursi biroz pasaydi

O‘zbekistonda dollar kursi biroz pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

24-noyabrdan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 12 002,93 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs atigi 1 so‘m 55 tiyinga pasaydi.

Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Markaziy bank raisi Timur Ishmetov 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda prezident asosiy e’tiborni dollarlashuv darajasini kamaytirish va so‘mga bo‘lgan ishonchni oshirishga qaratganini qayd etgandi.

“So‘mga bo‘lgan ishonchni oshirish orqali biz, umuman, iqtisodiyotda ko‘proq so‘mda qarz olish, so‘mda kreditlash, shuningdek, aholining depozitlari va kreditlarini ham asosan so‘mga o‘tkazish masalasi ko‘tarildi”, — dedi Timur Ishmetov.

Uning ta’kidlashicha, xorijiy valyutadagi operatsiyalar va qarzlar bilan bog‘liq xatarlarni kamaytirish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Fitch Ratings agentligining bank sektori direktori Pavel Kaptel bank sektorida dollarlashuv pasayganini qayd etdi. 2026-yilning birinchi yarmida xorijiy valyutadagi kreditlar jami kreditlarning 39% ini, depozitlar esa 19% ini tashkil etgan. Har ikki ko‘rsatkich tarixiy eng past darajaga tushgan. Biroq valyuta xedjirlash imkoniyatlari yo‘qligi sababli xorijiy valyutada kreditlash banklar uchun xatar bo‘lib qolmoqda.


Avvalroq Spot banklarda kassa va inkassatsiya qoidalari o‘zgartirilgani haqida yozgan edi.

O‘xshash yangiliklar