23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Özbekiston Markaziy banki Citi investorlari bilan iqtisodiyotni muhokama qildi

Moliya 23.11.2026 13:10 0Uzdaily
Özbekiston Markaziy banki Citi investorlari bilan iqtisodiyotni muhokama qildi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Markaziy banki Citi delegatsiyasi hamda xalqaro investitsiya kompaniyalari vakillari bilan uçraşuv ötkazdi. Unda mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyat, inflyatsiya, pul-kredit siyosati va moliya bozorlarining holati muhokama qilindi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuvda Markaziy bank rahbariyati, Citi vakillari, şuningdek, Aşmore Group, Janus Henderson Investors, Point72, Vanguard va Ninety One kompaniyalarining investorlari iştirok etdi.

Markaziy bank iştirokçilarga mamlakatdagi joriy makroiqtisodiy vaziyat haqida ma’lumot berdi hamda 2027 yil oxiriga qadar inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli darajaga tuşiriş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar haqida sözlab berdi. Bunda qat’iy pul-kredit şaroitlarini saqlab qoliş va inflyatsion kutilmalarni pasaytiriş zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar, şuningdek, iqtisodiy ösiş sur’atlari, investitsiya faolligi, kreditlaş dinamikasi hamda byudjet-soliq siyosatining makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri yuzasidan fikr almaşdilar.

Muzokaralar davomida valyuta bozoridagi talab va taklif omillari, milliy valyuta kursi özgarişining asosiy sabablari hamda bozor mexanizmlarini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvning alohida qismi xalqaro zaxiralarni boşqariş va diversifikatsiya qiliş, oltin-valyuta aktivlari tarkibi, likvidlikni boşqariş vositalari hamda içki pul bozorini rivojlantiriş masalalariga bağişlandi.

Uçraşuv yakunida Markaziy bank vakillari xalqaro investorlarning savollariga javob berdilar. Iştirokçilar, şuningdek, Özbekistonning makroiqtisodiy istiqbollari, moliya bozoridagi islohotlar va mamlakatning investitsiyaviy muhitini muhokama qildilar.

 

O‘xshash yangiliklar