Nvidia kompaniyasi Jensen Xuangni prezident va bosh direktor lavozimiga qayta tayinlaganini e’lon qildi.
Kompaniya direktorlar kengashi a’zolari uning asoschisini lavozimiga qaytarish to‘g‘risidagi qarorni bir ovozdan qabul qildi.
Xuang bilan bir qator muhokamalar va uchrashuvlardan so‘ng kengash uning “samimiyligi va Nvidia’ga rahbarlik qilish qobiliyatidan mamnun” ekanini bildirdi, deyiladi e’londa.
Qaror qabul qilish jarayonida direktorlar kengashi AQSH hukumati yuqori darajadagi vakillari bilan ham muloqot qilgan. Ulardan olingan ma’lumotlarni hisobga olgan holda, kengash Huangning qaytishi milliy xavfsizlikka tahdid solmaydi, degan xulosaga kelgan.
“Kengash Jensen Nvidia’ga rahbarlik qilish uchun munosib inson ekaniga va uning qaytishi aksiyadorlarimiz, xodimlarimiz, hamkorlarimiz hamda mijozlarimiz manfaatlariga mos kelishiga ishonadi”, — dedi direktorlar kengashi raisi Harvi Jons.
Xuang qaror uchun kengashga minnatdorlik bildirdi va “ishga qaytishni intiqlik bilan kutayotganini” aytdi. Shuningdek, u o‘z lavozimidan chetlatilgan davrda kompaniyani vaqtincha boshqargan Nvidia moliyaviy direktori Colette Kressga minnatdorlik bildirdi.
Nvidia, shuningdek, direktorlar kengashi tarkibida Xuangning xorijiy maxsus xizmatlar bilan ehtimoliy aloqalarini tekshiradigan maxsus qo‘mita tashkil etilganini ma’lum qildi. U ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatladi va qo‘mita bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Bundan tashqari, kompaniya direktorlar kengashi tarkibida milliy xavfsizlik va eksport nazorati bo‘yicha kengash tashkil etildi. Uning vazifasi savdo sohasidagi komplayens talablariga rioya etilishini nazorat qilish va milliy xavfsizlik bilan bog‘liq xatarlarni baholashdan iborat bo‘ladi.
Nvidia komplayens masalalari bo‘yicha direktor lavozimiga nomzodlarni izlashni boshlaydi. Texnologik gigant AQSH hukumati tomonidan olib borilayotgan tekshiruvlar va so‘rovlarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Jensen Huang 12-noyabr kuni Nvidia bosh direktori, prezidenti va direktorlar kengashi a’zosi lavozimlarini tark etgan edi. Uning ketishidan oldin milliarderning Xitoy hukumati bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan Alice Xuang bilan nikohdan tashqari munosabatlari haqida bir qator nashrlarda maqolalar e’lon qilingan edi. Spot vaziyat va uning sun’iy intellekt bozori uchun ahamiyati haqida batafsil tahlil e’lon qilgan.
Avvalroq Spot Tatyana Kim Wildberries bosh direktori lavozimini tark etgani haqida yozgandi.



