25.11.2026, Chorshanba+13.6°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+13.6°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Ozod Axunov Issiqlik elektr stansiyalari boshqaruvi raisi etib tayinlandi

Iqtisod 25.11.2026 19:25 0Spot
Ozod Axunov Issiqlik elektr stansiyalari boshqaruvi raisi etib tayinlandi

Ozod Axunov Issiqlik elektr stansiyalari boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ushbu tayinlov Bahodir Jurayevning boshqa lavozimga o‘tkazilishi ortidan amalga oshirildi. Xususan, 25-noyabr kuni u O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Tayinlovgacha Axunov 2024-yil may oyidan buyon jamiyat boshqaruvi raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U 1987-yil 27-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent davlat texnika universitetining bakalavriat, 2012-yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan.

Axunov mehnat faoliyatini Toshkent issiqlik elektr stansiyasi unitar korxonasida boshlagan va u yerda turli lavozimlarda ishlagan.

Keyinchalik O‘zbekenergo tizimida, undan so‘ng esa Energetika vazirligining Ishlab chiqarish quvvatlarini muvofiqlashtirish boshqarmasida faoliyat yuritgan.


Avvalroq Spot Umid Mamadaminov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani haqida yozgandi.

U Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Uning o‘rnini Milliy elektr tarmoqlari rahbari Abdumalik Nazirov egalladi.

O‘xshash yangiliklar