24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Deputat nigohi: Prezident taşrifi Parkentga yangi nafas olib kirdi

Jamiyat 24.11.2026 15:09 0Uza
Deputat nigohi: Prezident taşrifi Parkentga yangi nafas olib kirdi

Joriy yil 20-noyabr kuni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Parkent tumaniga amalga oşirgan taşrifi hududda keçayotgan bunyodkorlik jarayonlarining kölami, mazmuni va istiqbolini yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Taşrif davomida Kumuşkon hududida qad rostlayotgan yirik turizm loyihalari, quriliş materiallari sanoatini rivojlantiriş, investorlar va tadbirkorlar bilan oçiq muloqot hamda tumanning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xöş, qadimiy Parkentning keçagi ötmişi, bugungi salohiyati va davlatimiz rahbari taşrifidan keyingi istiqboli qanday? Mavzuga Xalq deputatlari Toşkent viloyati Kengaşi deputati, Özbekiston XDP Markaziy Kengaşi bölim boşliği Muxsiddin Nizomiddinov quyidagiça munosabat bildirdi:

–Bugun Parkentda mavjud salohiyatni iqtisodiy imkoniyatga aylantiriş, zamonaviy infratuzilma yaratiş, investitsiyalarni jalb etiş, turizm va işlab çiqarişni yangi bosqiçga olib çiqiş borasida muhim özgarişlar yuz bermoqda. Prezidentimizning Parkent tumaniga taşrifi ana şu jarayonlarning kölami, mazmuni va istiqbolini yana bir bor namoyon etdi.

Men uşbu taşrifni Parkent uçun şunçaki eʼtibor va eʼtirof sifatida emas, balki yangi taraqqiyot bosqiçiga ötiş, mavjud imkoniyatlarni qayta baholaş va oldimizga yanada katta maqsadlar qöyiş uçun muhim siyosiy va iqtisodiy voqea sifatida qabul qilaman.

Negaki, davlat rahbarining hududlarga taşrifi ortida, avvalo, insonlar hayotini yaxşilaş, iqtisodiy faollikni oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş va mahalliy aholi uçun munosib turmuş şaroitlarini şakllantiriş maqsadi mujassam. Şu bois taşrif davomida belgilangan vazifalarning haqiqiy samarasi ularning qançalik tez va sifatli amalga oşirilişi, eng muhimi, odamlar hayotida qanday özgarişlar yuz berişi bilan baholanişi kerak.

Parkentning iqtisodiy imkoniyatlari keng. Qulay iqlim, toğli hududlar, qişloq xöjaligi, uzumçilik va boğdorçilik anʼanalari tumanning raqobat ustunliklarini belgilaydi. Ammo har qanday salohiyat undan oqilona foydalanilgandagina iqtisodiy natija beradi. Bugungi kunda hudud taraqqiyotida aynan şu yondaşuv muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, Kumuşkon hududida barpo etilgan “Oltin bel” turizm majmuasi Parkent imkoniyatlarini zamonaviy iqtisodiy loyihalar bilan uyğunlaştirişning yorqin namunasidir. Bir yil avval belgilangan vazifaning qisqa muddatda keng kölamli loyihaga aylantirilgani, 47 gektar maydonda qariyb 700 milliard sömlik investitsiya hisobidan zamonaviy turizm infratuzilmasi yaratilgani eʼtiborga molik. Bu yerda mehmonxonalar, dam oliş uylari, restoranlar, akvapark, sport va köngiloçar obʼektlar, amfiteatr hamda boşqa xizmatlar taşkil etilgan. Majmua töliq faoliyat yuritgaç, bir vaqtning özida 6 ming nafargaça taşrif buyuruvçiga xizmat körsatiş va 600 ta iş örni yaratiş imkoniyatiga ega böladi. Bu raqamlar ortida oddiy quriliş jarayonidan köra kengroq iqtisodiy mazmun bor. Çunki yirik turizm majmuasi öz faoliyati bilan bir neçta tarmoqlarni harakatga keltiradi.

Quriliş materiallariga talab ortadi, transport xizmatlari rivojlanadi, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş hajmi kengayadi, savdo va xizmat körsatiş sohalarida yangi bozor şakllanadi. Menimça, bunday loyihalarning eng muhim jihati ularning iqtisodiy taʼsiri faqat öz hududi bilan çeklanib qolmasligidir. Agar yirik majmua atrofidagi mahallalar, fermer xöjaliklari, oilaviy tadbirkorlar va kiçik biznes vakillari ham uşbu jarayonga faol jalb etilsa, investitsiyaning samarasi yanada kengayadi. Ayniqsa, “Oltin bel” majmuasida quriliş va jihozlaş işlarida mahsulotlarning 95 foizi mahalliy korxonalardan xarid qilingani, buning natijasida loyiha tannarxini 20 foizga kamaytiriş imkoniyati yaratilgani alohida eʼtiborga loyiq.

Bu mahalliy işlab çiqaruvçilar salohiyatiga bildirilgan işonçning amaliy natijasidir. Bu tajribadan muhim xulosa çiqariş mumkin: mahalliy tadbirkorga imkoniyat beriş, uning mahsulotiga talab yaratiş va içki işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş orqali katta iqtisodiy loyihalarni samarali amalga oşiriş mumkin. Men buni hududiy iqtisodiy rivojlanişning muhim tamoyillaridan biri deb bilaman. Çunki investitsiya faqat mablağ kiritiş emas.

U mahalliy iqtisodiyotda yangi işlab çiqariş, hamkorlik, yangi iş örinlari va uzoq muddatli daromad manbalarini şakllantirişi bilan qadrli. Turizm Parkent iqtisodiyotining yangi drayveriga aylanmoqda. Parkentning tabiiy va geografik imkoniyatlari turizmni rivojlantiriş uçun katta zamin yaratadi. Şu maʼnoda, turizmni tumanning iqtisodiy taraqqiyotidagi ustuvor yönalişlardan biriga aylantiriş strategik ahamiyatga ega. Joriy yilning ötgan davrida Parkentga 198,2 ming nafar xorijiy va 1,4 million nafar mahalliy sayyoh taşrif buyurgani, turizm xizmatlari eksporti 81,1 million dollarga yetgani sohada erişilayotgan natijalarni körsatadi. Albatta, bu körsatkiçlar quvonarli. Lekin, endilikda asosiy eʼtibor faqat sayyohlar sonini köpaytirişga emas, balki turizm xizmatlarining iqtisodiy samaradorligini oşirişga qaratilişi lozim.

Masalan, sayyoh Parkentga kelib, faqat biror manzarani tomoşa qilib qaytişi bilan çeklanmasligi kerak. U hududda bir neça kun qolişi, mahalliy mehmonxona va dam oliş maskanlaridan foydalanişi, milliy taomlarni tatib körişi, mahalliy mahsulotlarni xarid qilişi, tarixiy va madaniy maskanlar bilan tanişişi uçun şaroit yaratilişi zarur. Ana şunda sayyohlar oqimi mahalliy iqtisodiyot uçun barqaror daromad manbaiga aylanadi.

Şu örinda bir jihatga alohida töxtalmoqçiman. Turizmning rivojlanişi mahalliy aholi uçun ham iqtisodiy manfaat keltirişi kerak. Masalan, dam oliş maskanlari mahalliy fermerlardan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilsa, oilaviy tadbirkorlar milliy taomlar va hunarmandçilik mahsulotlarini taklif etsa, yoşlar gidlik va transport xizmatlarini yölga qöysa, turizmning foydasi ança keng qatlamga yetib boradi. Parkentning uzumçilik va boğdorçilik anʼanalarini ham uşbu yönaliş bilan uyğunlaştiriş mumkin. Mahalliy uzum navlari, boğlar, qişloq xöjaligi mahsulotlari, milliy urf-odatlar va hudud madaniyatini namoyiş etuvçi turistik yönalişlar taşkil etiş orqali öziga xos iqtisodiy modelni şakllantiriş mumkin. Menimça, Parkent turizmining asosiy ustunligi faqat zamonaviy majmualarda emas, balki uning tabiati, mahalliy qadriyatlari, milliy taomlari, dehqonçilik madaniyati va insonlarning mehmondöstligida. Zamonaviy infratuzilma ana şu tabiiy va madaniy boyliklarni yanada kengroq namoyiş etişga xizmat qilişi kerak.

Transport infratuzilmasi yangi imkoniyatlarga yöl oçib bermoqda. Jumladan, hududning turistik va iqtisodiy salohiyatini röyobga çiqarişda transport aloqalari alohida örin tutadi. Qulay transport tizimi sayyohlar oqimini oşiradi, aholining kundalik hayotini yengillaştiradi va tadbirkorlar uçun yangi bozorlarni oçadi. Toşkent - Parkent yönalişida elektrlaştirilgan temir yöl qatnovining yölga qöyilişi tumanning transport imkoniyatlarini kengaytiriş borasidagi muhim qadamlardan biridir. Bu, bir qaraşda, oddiy transport loyihasidek körinişi mumkin.

Prezident taşrifi davomida investorlar va tadbirkorlar bilan muloqot ötkazilgani, quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalarining muhokama qilingani ham alohida ahamiyatga ega. Bugungi şaroitda hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun faqat davlat tomonidan amalga oşiriladigan loyihalarning özi yetarli emas. Xususiy sektor, mahalliy tadbirkorlar, işlab çiqaruvçilar va taşabbuskor insonlar bu jarayonning faol iştirokçisiga aylanişi kerak. Tadbirkorlik uçun eng muhim omillardan biri işonç.

Gulnoza Boboyeva,

ÖzA

O‘xshash yangiliklar