24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Toshkentda 10 yoshli bola ko‘p qavatli uyning tomidan yiqildi (video)

Jamiyat 24.11.2026 15:51 0Zamin
Toshkentda 10 yoshli bola ko‘p qavatli uyning tomidan yiqildi (video)

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 10 yoshli bola ko‘p qavatli uyning tom osti qismidan pastga qulab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u tengdoshlari bilan bekinmachoq o‘ynayotgan vaqtida hodisa yuz bergan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 2026 yil 22 noyabr kuni soat 14:30 atrofida Yashnobod tumanidagi “Iltifot” mahallasida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, bola do‘stlari bilan bekinmachoq o‘ynab, besh qavatli uyning tom osti qismiga yashiringan. U yerda harakatlanayotib, bino chetidagi plastik konstruksiya ustiga bosgan. Konstruksiya uning og‘irligini ko‘tara olmagan va bola pastga qulab tushgan.

Hodisa oqibatida bolaning son suyagi hamda chap yelka suyagi singan. U 2-sonli bolalar klinik shifoxonasiga yetkazilgan va hozirda davolanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar