Ilm, iroda va masʼuliyat – yangi avlod kamolotining mustahkam poydevori

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yöllagan maktubi mazmunan oilaviy muloqot doirasidan ança keng bölib, unda yoş avlod tarbiyasi, inson kamoloti, ilm-maʼrifat, hayotiy masʼuliyat va el-yurtga xizmat qiliş kabi muhim masalalar öz ifodasini topgan.
Maktubda ilgari surilgan fikrlar oliy taʼlim tizimi vakillari, xususan, biz – universitet rahbarlari va professor-öqituvçilarni yoşlar tarbiyasiga yanada masʼuliyat bilan yondaşişga, amalga oşirayotgan işlarimizni tanqidiy baholaşga undaydi.
Bugun universitet rahbari sifatida meni öylantiradigan eng muhim savollardan biri – biz talaba-yoşlarimizni nafaqat yetuk mutaxassis, balki mustaqil fikrlaydigan, hayot sinovlariga bardoşli, jamiyat oldidagi masʼuliyatini çuqur anglaydigan şaxs sifatida tarbiyalay olyapmizmi?
Zero, oliy taʼlim muassasasining muvaffaqiyati faqat bitiruvçilar soni, ilmiy körsatkiçlar yoki xalqaro reytinglardagi örni bilan emas, balki tarbiyalagan avlodi jamiyat taraqqiyotiga qanday hissa qöşayotgani bilan ham baholanadi.
Maktubda yoşlarning barça fanlarni puxta özlaştirişi, xorijiy tillarni örganişi, ilm-fan yangiliklaridan muntazam xabardor bölişi va har kuni yangi könikmalarni egallaşi zarurligiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Bu fikrlar universitetimiz oldidagi ustuvor vazifalarni yanada aniq belgilaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz talabalarimizga tayyor bilimlarni beriş bilan çeklanmasdan, ularda mustaqil izlaniş, tanqidiy va tahliliy fikrlaş, yangilik yaratiş hamda nazariy bilimlarini amaliyotda qöllaş qobiliyatini şakllantirişimiz zarur.
Mening nazarimda, zamonaviy universitetda talabaning isteʼdodini kaşf etadigan, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaydigan, xato qilişdan qörqmaslikka, öz imkoniyatlariga işonişga örgatadigan muhit bölişi kerak.
Şu nuqtai nazardan, Andijon davlat universitetida taʼlim mazmunini zamonaviy talablar asosida takomillaştiriş, xorijiy tillarni öqitiş samaradorligini oşiriş, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalardan oqilona foydalaniş, ilmiy tögaraklar hamda innovatsion loyihalar faoliyatini kengaytirişni ustuvor vazifalarimizdan biri deb bilaman.
Maktubdagi muvaffaqiyatsizliklardan töğri xulosa çiqariş, qiyinçiliklar qarşisida taslim bölmaslik va yuksak maqsadlar sari qatʼiyat bilan intiliş haqidagi fikrlar yoşlar tarbiyasida alohida ahamiyatga ega.
Talabalik inson hayotidagi eng muhim, ayni paytda murakkab davrlardan biridir. Bu davrda yoşlar kasbiy yölini belgilaydi, mustaqil qarorlar qabul qilişni örganadi, turli sinov va muammolarga duç keladi.
Bunday vaziyatlarda universitet jamoasining vazifasi talabaning faqat özlaştiriş körsatkiçlarini nazorat qiliş emas, balki uning qiziqişlari, intilişlari va muammolarini örganiş, zarur paytda unga kömak berişdan iborat.
Har bir dekan, kafedra mudiri, professor-öqituvçi va tyutor öz faoliyatida talabaning şaxsiy rivojlanişini ustuvor mezon sifatida körişi lozim. Ayniqsa, hayotiy qiyinçiliklarga duç kelgan, öz imkoniyatlariga işonçi susaygan yoki kasbiy yölini tanlaşda qiynalayotgan yoşlar bilan individual işlaş tizimini takomillaştirişimiz kerak.
Biz uçun har bir talabaning muvaffaqiyati muhim. Çunki uning bugungi intilişi, izlanişi va erişgan natijasi universitetimizning ertangi nufuzini belgilaydi.
Davlatimiz rahbari maktubida xorijiy mamlakatlarga amalga oşirilayotgan safarlarning maqsadlaridan biri yoşlarning sifatli taʼlim olişi uçun yangi imkoniyatlar va hamkorlik aloqalarini yaratiş ekanini bayon etgan.
Uşbu fikrlar universitetning xalqaro hamkorlik borasidagi faoliyatiga ham yangiça mezonlar asosida yondaşiş zarurligini körsatadi.
Xalqaro hamkorlikning samaradorligi imzolangan memorandumlar yoki amalga oşirilgan taşriflar soni bilan emas, balki ularning talabalar va professor-öqituvçilar uçun yaratgan aniq imkoniyatlari bilan ölçanişi kerak.
Eng muhimi, xorijda örganilgan ilğor tajribalar universitetimizning kundalik taʼlim jarayoniga tatbiq etilişi, özining amaliy natijasini berişi lozim.
Yoşlarni ilmga, halollikka, mehnatsevarlikka va masʼuliyatga örgatişda ustozning şaxsiy namunasi beqiyos ahamiyatga ega.
Talabadan kitobxonlikni talab qilar ekanmiz, avvalo, özimiz muntazam mutolaa qilişimiz, uni ilmiy izlanişga undar ekanmiz, şaxsan özimiz ilm-fan yangiliklari bilan yaşaşimiz, vaqtni qadrlaşga çaqirar ekanmiz, faoliyatimizda intizom va masʼuliyat namunasini körsatişimiz kerak.
Maktubning mazmun-mohiyatini talaba-yoşlarga yetkaziş bir martalik tarğibot uçraşuvlari bilan çeklanib qolmasligi kerak. Undagi hayotiy saboqlar universitetimizning taʼlim-tarbiya jarayoni, boşqaruv tamoyillari va istiqboldagi rivojlaniş dasturlarida öz aksini topadi, albatta.
Kelajak bugungi masʼuliyatdan boşlanadi. Şu maʼnoda men Andijon davlat universitetining istiqbolini zamonaviy bilimlarga ega, dunyo bilan hamnafas, mustaqil fikrlaydigan, öz kasbini savadigan va jamiyat oldidagi burçini anglaydigan yoşlar timsolida köraman.
Yangi Özbekiston bunyodkorlari böladigan ana şunday yoşlarni tarbiyalaş şubhasiz, zimmamizga yanada ulkan masʼuliyat yuklaydi.
Bizning eng asosiy vazifamiz talabalarga şunçaki diplom beriş emas, balki ularni hayotga tayyorlaş, öz salohiyatini töliq namoyon etişi uçun imkoniyat yaratiş va kelajagini mustaqil barpo eta oladigan şaxs sifatida tarbiyalaşdir.
Baxtiyorjon Akbaraliyev,
Andijon davlat universiteti rektori, professor.
ÖzA



