Taʼlimda axborot texnologiyalari: muammo va yeçimlar

Onlayn va oflayn formatlarda ötkazilgan anjumanda respublikamizning turli hududlaridan olimlar, professor-öqituvçilar, taʼlim sohasi mutaxassislari va amaliyotçilar iştirok etdi.

Tadbir avvalida Özbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi Raqamlaştiriş bölimi boşliği Sarvar Möminov hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Öktamjon Mardonov sözga çiqib, zamonaviy taʼlim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini pedagogik jarayon bilan uyğunlaştiriş, sunʼiy intellektdan samarali foydalaniş va taʼlim sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş borasida olib borilayotgan işlar haqida töxtalib ötişdi.
Taʼkidlanganidek, bugun sunʼiy intellekt, raqamli taʼlim platformalari, elektron resurslar va intellektual tahlil vositalari taʼlim jarayonining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bunday şaroitda öqituvçidan nafaqat öz fanini çuqur biliş, balki raqamli kompetensiyalarga ega böliş, zamonaviy texnologiyalarni dars jarayoniga maqsadli tatbiq etiş ham talab etilmoqda.

Anjumanning yalpi majlisida Navoiy, Samarqand va Farğona viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalari hamda pedagogik mahorat markazlari vakillarining ilmiy maʼruzalari tinglandi.
Sunʼiy intellekt asosida adaptiv öqitiş metodikasi, öquvçilar kompetensiyalarini rivojlantirişda sunʼiy intellektdan foydalanişning pedagogik-psixologik asoslari, raqamli pedagogik diagnostika, xalqaro baholaş dasturlari hamda taʼlimda innovatsion yondaşuvlar atrofliça muhokama qilindi.
Anjuman doirasida muhokamalar törtta şuʼbada davom ettirildi.

Har bir şuʼba doirasida taşkil etilgan ilmiy maʼruzalar, savol-javoblar va tajriba almaşiş jarayonlari iştirokçilar uçun fikr va ğoyalar almaşiş, mavjud muammolarga ilmiy nuqtai nazardan yondaşiş hamda ularning amaliy yeçimlarini izlaş imkonini yaratdi.
Anjuman yakunida bildirilgan fikr va takliflar umumlaştirilib, muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegişli xulosalar işlab çiqildi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri



