“Yangi Özbekiston bolalari”: eng faol va taşabbuskor yoş yetakçilar saralanmoqda

Mamlakatning eng faol, bilimli va taşabbuskor yoşlarini bir maydonga jamlagan mazkur nufuzli tadbir doirasida Öquvçilar Kengaşi saylovining Respublika bosqiçi ham bölib ötdi.
[gallery-32742]
Bugungi kunda mamlakatimizda yoş avlodning isteʼdodi va salohiyatini röyobga çiqariş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş hamda yetakçilik qobiliyatlarini qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.
Xususan, taʼlim tizimida öquvçilarning özini özi boşqariş mexanizmlarini rivojlantiriş, ularni mustaqil fikrlaydigan va taşabbuskor şaxslar etib tarbiyalaş borasida tizimli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Tadbirda qayd etilganidek, öquvçilar Kengaşi qöşimça taʼlimga jalb qilingan faol öquvçilardan şakllantiriladi. Kengaş “Tengdoş-tengdoşga” tamoyili asosida maktab direktori huzurida taşkil etiladi va uning faoliyati maktab maslahatçisi tomonidan muvofiqlaştiriladi.
U maktablarda öquvçilar taşabbuslarini ilgari suriş, iqtidorli öquvçilarni qöllab-quvvatlaş, turli ijtimoiy va innovatsion loyihalarni amalga oşiriş hamda öquvçilarni qöşimça taʼlim imkoniyatlariga keng jalb etişda muhim örin tutadi.
Kengaş 5-11-sinf öquvçilaridan tuziladi va “Kelajak lideri” hamda 7 ta yönaliş koordinatoridan iborat böladi. Öquvçilarning Kengaşdagi faoliyat körsatkiçlari ularning ijtimoiy portfoliosiga kiritiladi. Ijtimoiy portfoliodagi maʼlumotlar esa bitiruvçi şahodatnomasida aks etadi. Öquvçilar Kengaşi – maktab, tuman-şahar, hududiy va Respublika darajasida faoliyat yuritadi va har bir bosqiçda saylov asosida şakllantiriladi.
Hozirgi kunga qadar “Kelajak” markazlari tomonidan maktab, tuman-şahar va hududiy bosqiçlarda saylovlar ötkazildi.
Saylovning yakuniy – respublika bosqiçi sifatida taşkil etilgan mazkur tadbirda 14 ta hududdan kelgan 112 nafar faol va taşabbuskor öquvçilar orasidan har bir yönaliş böyiça Respublika koordinatorlari saylandi.
Şuningdek, öquvçilar uçun malakali mentorlar tomonidan seminar-treninglar, guruhlarda amaliy maşğulotlar, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uçraşuvlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar hamda taqdirlaş marosimlari ötkazildi.
Tanlov doirasida raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov hamda taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Mehriniso Pardayeva iştirokida uçraşuv ötkazildi. Oçiq va samimiy ruhdagi muloqot davomida öquvçilarning raqamli texnologiyalarga bölgan qiziqişi, zamonaviy kasblarni egallaş imkoniyatlari, IT sohasida yaratilayotgan şaroitlar hamda taʼlim jarayonida innovatsiyalarning örni haqida söz bordi.
Iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va taşabbuslarini bildiriş imkoniga ega böldi.
Gulnoza Boboyeva,
Öktam Hayitov (surat),
ÖzA



