Natijalar salmoqli, vazifalar ulkan

Partiya viloyat kengaşi rahbariyati, deputatlar, faollar va tuman, şaharlardan saylangan delegatlar iştirok etgan konferensiyada ÖzLiDeP viloyat kengaşining hisobot davridagi faoliyati sarhisob qilinib, saylovlarda erişilgan natijalar, elektorat bilan işlaş, deputatlik faoliyati va amalga oşirilgan loyihalar tahlil qilindi.
Qayd etilganidek, 2024-yildagi saylovlarda Samarqand viloyatidan ÖzLiDeP tomonidan körsatilgan nomzodlar Oliy Majlis Qonunçilik palatasida 7 ta, xalq deputatlari viloyat Kengaşida 16 ta, tuman va şahar Kengaşlarida 136 ta deputatlik örnini qölga kiritdi. Ötgan davrda deputatlar tomonidan 2695 ta deputatlik sörovi yuborilib, 378 ta sayyor qabul va 348-marta deputatlar jamoatçilik eşituvi taşkil etildi.

– Nafaqat elektoratimiz, balki keng aholi qatlami tomonidan katta qiziqiş, işonç bildirilgan “Xalq bilan birga” dasturi doirasida muammolarni manzilli hal etiş, ijtimoiy kömak, bandlik va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirildi, – deydi Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengaşi raisi Ilhom Botirov. – Mobil ştablar faoliyati orqali 2572 nafar fuqaro bilan muloqot ötkazilib, 1042 ta muammo aniqlandi va 752 tasi hal etildi. Şuningdek, “Yurakka yöl”, “Bir oila – bir homiy”, “Tadbirkorlardan bolajonlarga”, “Yoş fermerlar tajriba maktabi”, “Işbilarmon ayol – 2026”, IT va startap loyihalari orqali aholining turli qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, yoşlar va xotin-qizlarning taşabbuslarini rağbatlantirişga eʼtibor qaratildi. Partiyaning taşkiliy salohiyati ham kengayib, boşlanğiç partiya taşkilotlari 1543 taga yetdi va aʼzolar soni 205 ming nafardan oşdi.
Konferensiyada erişilgan natijalar batafsil tahlil qilinişi bilan birga eʼtibor qaratilişi lozim bölgan masalalar, vazifalar yuzasidan takliflar, taşabbuslar bildirildi.

Muhokamalar yakunida Kongressga delegatlar saylanib, partiyaning kelgusi faoliyati, tadbirkorlik muhitini yaxşilaş, xususiy mulkni himoya qiliş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş, elektorat bilan işlaş samaradorligini kuçaytirişga oid ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri



