26.11.2026, Payshanba+13.1°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+13.1°CToshkent$11 987.89 26.11.2026

Qöriqlaş xizmatlari sifatini oşiriş va qamrovini kengaytiriş çoralari körib çiqildi

Siyosat 26.11.2026 16:31 0Uza
Qöriqlaş xizmatlari sifatini oşiriş va qamrovini kengaytiriş çoralari körib çiqildi

Sönggi ön yilda mamlakatimizda ijtimoiy va savdo obʼektlari soni 150 mingdan 500 mingtaga, uy-joylar soni esa 1,5 milliondan 8 milliontaga köpaydi. Tunu kun faoliyat yuritadigan savdo va xizmat körsatiş köçalari soni 255 taga yetdi.

“Xavfsiz şahar”, “Xavfsiz poytaxt”, “Obod va xavfsiz mahalla” hamda “Xavfsiz xonadon” dasturlari doirasida jamoat xavfsizligini taʼminlaş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş böyiça qator işlar amalga oşirildi.

Xususan, qöriqlaş obʼektlarining soni 194 mingtadan 337 mingtaga, tezkor harakatlanuvçi guruhlar soni esa 533 tadan 630 taga yetkazildi, 6,5 mingta mahallada patrullik xizmati yölga qöyilib, 58 ming nafar qorovulning malakasi oşirildi.

Qolaversa, qöriqlaş xizmatlarining bugungi qamrovi va turlari aholi hamda tadbirkorlarning ortib borayotgan ehtiyojlarini töliq qondirmayapti.

Xizmatlar asosan davlat obʼektlarini qöriqlaş bilan çeklanib qolayotgani, sohada soğlom raqobat muhitini şakllantiriş va zamonaviy texnologiyalardan keng foydalaniş zarurligi qayd etildi.

Şu bois, taqdimotda qöriqlaş faoliyatining huquqiy asoslarini takomillaştiriş, aholi, tadbirkorlar, investorlar va sayyohlarning xavfsizligini, mol-mulkining işonçli himoyasini taʼminlaşga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar körib çiqildi.

Avvalo, sohani töliq raqamlaştiriş, mavjud beşta axborot tizimini birlaştirgan holda “Raqamli qöriqlaş” yagona axborot tizimini joriy etiş taklif qilindi.

Mazkur tizim orqali qöriqlaş xizmatlari böyiça şartnomalarni elektron şaklda rasmiylaştiriş, tölovlarga oid maʼlumotlarni onlayn oliş, tezkor guruhlarning harakatini real vaqt rejimida kuzatiş imkoniyati yaratiladi.

Şuningdek, sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida ehtimoliy xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş va ularning oldini oliş, qöriqlaş bölinmalari faoliyatini samarali boşqariş yölga qöyiladi.

Bugungi kunda mavjud oltita xizmat turiga qöşimça ravişda sakkizta zamonaviy xizmat turini joriy etiş taklifi bildirildi.

“Aqlli va xavfsiz uy” konsepsiyasi asosida xonadonlarga zamonaviy nazorat qurilmalarini örnatiş va ularga texnik xizmat körsatiş, mobil qurilmalar orqali tezkor yordam çaqiriş imkoniyatini beruvçi virtual “SOS” tizimidan foydalaniş közda tutilmoqda.

Investorlar, sayyohlar va tadbirkorlarga tansoqçilik xizmatlarini körsatiş, oilaviy va boşqa tadbirlarda jamoat tartibini saqlaş, uçuvçisiz uçiş apparatlari yordamida kuzatuvni amalga oşiriş, mavsumiy faoliyat yurituvçi obʼektlarni qöriqlaş kabi xizmatlarni yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Yangi qurilayotgan obʼektlarni qöriqlaşning muhandislik-texnik vositalari bilan jihozlaş böyiça yagona talablarni belgilaş, şaharsozlik normalariga tegişli özgartirişlar kiritiş taklif etildi.

Fuqarolarning mol-mulklarini himoya qiliş maqsadida köp kvartirali uylarda texnik qöriqlaş (domofon va taşviş tugmalarini örnatiş) xizmatidan foydalaniş amaliyotini joriy etiş nazarda tutilmoqda.

Qöriqlaş sohasida xususiy sektor imkoniyatlaridan keng foydalaniş uçun zarur huquqiy va taşkiliy şaroitlarni yaratiş böyiça takliflar bildirildi.

Jumladan, xususiy taşkilotlar tomonidan qöriqlaşning texnik vositalarini örnatiş, sozlaş va ularga xizmat körsatişning yagona tartibi va talablarini belgilaş közda tutilgan.

Qöriqlaşning zamonaviy texnik vositalarini mahalliylaştiriş, milliy dasturiy taʼminot va qurilmalar işlab çiqarişni kengaytiriş böyiça rejalar taqdim etildi.

Qayd etilganidek, mahalliylaştiriş darajasini 30 foizdan 60 foizga, qurilmalar işlab çiqariş quvvatini oyiga 10 mingtadan 30 mingtaga yetkaziş hisobiga ularning tannarxini 1,7 barobar arzonlaştiriş imkoniyati mavjud.

Sohada soğlom raqobat muhitini şakllantiriş maqsadida Milliy gvardiyaning qöriqlaş faoliyatiga oid vakolatlarini kengaytiriş masalasi ham körib çiqildi.

Xususan, Milliy gvardiya tomonidan qöriqlanişi mumkin bölgan obʼektlar turlarini 13 tadan 24 taga yetkaziş, jismoniy va texnik qöriqlaş, tansoqçilik hamda turli tadbirlarda jamoat tartibini saqlaş böyiça xizmatlar körsatiş imkoniyatlarini kengaytiriş taklif qilindi.

Şu bilan birga, majburiy tartibda qöriqlanişi lozim bölgan obʼektlar toifalarini qonunçilikda belgilaş, idoraviy qöriqlaş bölinmalarining huquq-tartibot organlari bilan özaro hamkorligi tartibini takomillaştiriş nazarda tutilmoqda.

Taklif etilayotgan çora-tadbirlar natijasida 2027-yilda qöriqlaşga olingan obʼektlar sonini 600 mingtaga, tezkor harakatlanuvçi guruhlar sonini 800 taga yetkaziş, qöşimça 1,5 mingta mahallada patrullik xizmatini taşkil etiş maqsadida qöriqlaş xizmati xodimlari sonini 8 mingtaga oşiriş maqsad qilingan.

Davlatimiz rahbari qöriqlaş tizimini takomillaştirişda, avvalo, inson manfaatlari, aholining osoyiştaligi va mol-mulki daxlsizligini taʼminlaş ustuvor vazifa bölişi lozimligini taʼkidladi.

Mutasaddilarga aholi uçun sifatli va hamyonbop xizmatlarni yölga qöyiş hamda masʼul idoralarning xalq va davlat manfaatlaridan kelib çiqib, hamjihatlikda işlaşini taʼminlaş böyiça topşiriqlar berildi.

O‘xshash yangiliklar