Qaşqadaryoda “Maʼrifat haftaligi” tadbirlari ötkazildi

Unda mahalla aholisi, jamoatçilik vakillari, folklor jamoalari, talabalar, professor-öqituvçilar, korxona işçi-xodimlari hamda harbiy xizmatçilar iştirok etdi.
Haftalik Qamaşi tumanidagi Çim mahallasida “Mahalla bilan yuzma-yuz” loyihasi doirasidagi uçraşuv bilan boşlandi. Muloqotda mahalladagi maʼnaviy muhitni mustahkamlaş, oilaviy qadriyatlarni asraş, yoşlar tarbiyasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, taklif va mulohazalarini bildirdi.

Kitob tumanidagi Xoja Buxoriy örta maxsus islom taʼlim muassasasida “Uyğoq idrok” va “Maʼrifat ulaşib” loyihalari doirasida imomlar hamda talabalar bilan uçraşuvlar ötkazildi. Şuningdek, “Millat fidoyilari” loyihasi doirasida Vatan sarhadlarini xalqaro terrorçilardan himoya qiliş çoğida qahramonlarça halok bölgan serjant Otabek Avazoviç Muhammadiyevning xonadonida böldi. U 2019-yil 11-yanvardagi Prezident farmoniga muvofiq “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. Uçraşuvda harbiy xizmatçining hayot yöli yoşlar uçun vatanparvarlik, fidoyilik va yurtga sadoqat namunasi ekani taʼkidlandi.

Şahrisabz şahridagi “Temurbeklar maktabi”da “Konstitutsiya – inson qadri uluğlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori” mavzusida uçraşuv taşkil etildi. Unda “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzosi, Toşkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori Feruza Muhiddinova öquvçilar bilan muloqot qildi. Konstitutsiyaning inson huquq va erkinliklarini taʼminlaş, qonun ustuvorligini mustahkamlaş hamda yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlardagi ahamiyati xususida söz yuritildi.

Ğuzor tumanidagi Uzbekistan GTL zavodi va Muborak gazni qayta işlaş zavodida korxona işçi-xodimlari iştirokida “Maʼrifat ulaşib” loyihasi doirasida tadbirlar ötkazildi. Muborakda, şuningdek, “Yaşil makon” loyihasi doirasida köçat ekiş tadbiri taşkil etildi. “Yaxşilik karvoni” loyihasi doirasida respublika tarğibot guruhi va tuman hokimligi vakillari xonadonlardan biriga taşrif buyurib, ahvol bilan tanişdi.

Qarşi şahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti hamda Axborot texnologiyalari menejmenti universitetida talabalar va professor-öqituvçilar iştirokida “Uyğoq idrok”, “Maʼrifat ulaşib” loyihalari va Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga bağişlangan uçraşuvlar bölib ötdi. Ularda Boş qomusimizning inson qadrini uluğlaş, qonun ustuvorligini taʼminlaş, taʼlim oliş huquqi va yoşlarning salohiyatini röyobga çiqarişdagi örniga eʼtibor qaratildi.

Qarşi sanʼat maktabida esa yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaş va ularning ijodiy mahoratini oşirişga qaratilgan “Isteʼdodlar davrasi” mahorat darsi taşkil etildi.
Haftalik Qarşi tumanidagi Xonobod harbiy qismida harbiy xizmatçilar iştirokida “Vatan posbonlari — yurt kelajagi” mavzusidagi uçraşuv bilan yakunlandi.

Mazkur tadbirlar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qaşqadaryo viloyati bölimi, Respublika “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati, mahalliy hokimliklar hamda hamkor taşkilotlar iştirokida taşkil etildi.
Ölmas Barotov, ÖzA muxbiri



