28.11.2026, Shanba+10.9°CToshkentUSD12 002.10EUR13 166.30RUB146.02
+10.9°CToshkent$12 002.10 28.11.2026

Yangi transport strategiyasi: sifatli yöllar, yirik investitsiyalar va xalqaro integratsiya

Siyosat 27.11.2026 21:46 0Uza
Yangi transport strategiyasi: sifatli yöllar, yirik investitsiyalar va xalqaro integratsiya
Prezident Şavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Avtomobil yöllari qömitasining ilmiy-amaliyot markaziga taşrif buyurib, muassasa faoliyati va unda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi, şuningdek, transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazdi.

Sönggi yillarda mamlakatimizda ilmiy tadqiqotlar va ilğor tajribani taʼlim jarayoniga tatbiq etiş, iqtisodiyot tarmoqlari uçun zamonaviy bilim va könikmalarga ega malakali kadrlar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Avtomobil yöllari qömitasining mazkur markazi ham ana şu maqsadda taşkil etilgan. U yöl xöjaligida ilmiy izlanişlarni rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va yangi avlod muhandislarini tayyorlaşga xizmat qiladi. Umumiy maydoni 2,7 gektar bölgan majmuada 80 ta doimiy iş örni yaratilgan.

Markazning öquv poligonida avtomobil yöllarining konstruksiyalari va asosiy elementlari haqiqiy ölçamlarda aks ettirilgan. Bu yerda mutaxassislar va talabalar yöl töşamasi qatlamlari, yöl belgilari, xavfsizlik tösiqlari, suv qoçiriş tizimlari, köpriklar hamda suv ötkaziş quvurlarining tuzilişi va vazifalarini amaliyotda örganişi mumkin.

Poligonda I-V texnik toifalarga mansub avtomobil yöllarining geometrik parametrlari, ularga mos sement-beton, issiq va sovuq asfalt-beton, şağal hamda çaqiqtoş qoplamalari namoyiş etilgan. Jami 75 turdagi yöl elementlari jamlangan.

Majmuada maxsus texnika parki ham barpo etilgan. Unda yöl-quriliş maşinalari, yöl qatlamlarini diagnostika qilişga möljallangan köçma laboratoriya, sunʼiy intellekt asosida işlovçi kuzatuv va vazn ölçaş tizimlari bilan jihozlangan transport vositalari mavjud. Bu yerda zamonaviy texnikaning işlaş tamoyillari va undan foydalaniş usullari örgatiladi.

Majmua tarkibidagi Vaziyat markazida avtomobil yöllarining texnik holati, transport harakati, ob-havo şaroiti, quriliş va taʼmirlaş işlariga oid maʼlumotlar yagona raqamli tizimda jamlanadi va tahlil qilinadi.

Markaz qömitaning 7 ta axborot tizimi bilan integratsiya qilingan. Bu yerda RAMS tizimi orqali 42,4 ming kilometr avtomobil yölining texnik holatini baholaş, sunʼiy intellekt yordamida yöl qoplamasini tahlil qiliş, WIM tizimi orqali transport vositalarining oğirligini ölçaş, yöl-quriliş texnikasi harakatini GPS orqali kuzatiş va pulli yöllardagi tölovlarni onlayn nazorat qiliş imkoniyatlari yaratilgan.

Ayni paytda markazning 9 nafar operatori xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yölining Qamçiq dovoni orqali ötuvçi 100 kilometrlik qismini real vaqt rejimida kuzatib bormoqda.

Masʼul vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya orqali yöllardagi vaziyatni avtomatik tahlil qiliş, xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş va tezkor ogohlantiriş mexanizmi yölga qöyilgan.

Mutaxassislar malakasini oşiriş va talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlaş uçun interfaol vositalar bilan jihozlangan 3 ta öquv xonasi va ilmiy kutubxona taşkil etilgan.

Yöl-quriliş materiallarini tadqiq etiş va sinovdan ötkazişga möljallangan 3 ta zamonaviy laboratoriya iş boşlagan. Ularda asfalt-beton, sement-beton, inert materiallar va bitumning xususiyatlari örganiladi. Hozirda bu yerda 15 nafar olim va 5 nafar izlanuvçi ilmiy faoliyat olib bormoqda.

Prezidentimiz majmuadagi “Vaqt magistrali” muzeyi bilan ham tanişdi.

Bu yerda Özbekiston yöl xöjaligining şakllanişi va rivojlaniş tarixiga oid 107 ta eksponat, turli davrlarda qöllanilgan quriliş materiallari, texnologiyalar hamda noyob muhandislik yeçimlari namoyiş etilgan.

Ötgan asrga oid yöl-quriliş maşinalari ham jamlangan bölib, ularning tarixi va vazifalari haqida interfaol ekranlar orqali uç tilda maʼlumot oliş mumkin.

Davlatimiz rahbari markaz imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yöl xöjaligi uçun malakali muhandis va mutaxassislar tayyorlaş, ilmiy tadqiqotlarni sohaning amaliy ehtiyojlariga yönaltiriş, yöl qurilişi sifati va ekspluatatsiya samaradorligini oşirişda zamonaviy texnologiyalarni keng qöllaş muhimligini taʼkidladi.

Şu yerning özida avtomobil yöllari sohasida yirik loyihalarni amalga oşirişda iştirok etayotgan xorijiy investorlar bilan suhbat böldi.

Şundan söng Prezident Şavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazdi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori ösiş surʼatlariga mos ravişda transport tizimini rivojlantiriş, sohaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb qiliş, bunda xususiy sektor iştirokini yanada oşiriş zarurligini taʼkidladi.

Uçraşuvda transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, sohada tadbirkorlik uçun qulay şaroitlar yaratiş, mamlakatimizning xalqaro transport yölaklariga integratsiyalaşuvini kuçaytiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Sönggi ön yilda yöl sohasiga 80 trillion söm ajratilib, 7 ming kilometr yöl qayta qurildi, 125 ming kilometri taʼmirlandi. Endilikda sohaga 20 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb qiliş imkoniyati mavjud.

Xususan, umumiy qiymati 5,6 milliard dollar bölgan, jami 593 kilometrlik pulli avtomobil yöllarini quriş böyiça beşta yirik loyiha amalga oşirilmoqda.

Yöl va köpriklar qurilişiga mahalliy tadbirkorlarni keng jalb qiliş uçun ham yangi imkoniyatlar yaratiladi. Hozirga qadar hududlarda 4 milliard dollarlik 131 ta loyiha taklifi şakllantirilgan. Bunday loyihalar investorlarga yöllarni quriş, saqlaş va boşqariş şarti, ularning böyida savdo va xizmat körsatiş obʼektlarini taşkil etiş huquqi bilan taklif qilinadi.

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda 6,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda. Prezidentimiz xorijlik hamkorlarga mahalliy mutaxassislarni xalqaro miqyosdagi yirik infratuzilma loyihalariga jalb qiliş, kompaniyalarimizni xorijiy tenderlarda iştirok etişga tayyorlaş böyiça qöşma dastur işlab çiqişni taklif etdi.

Yöl qurilişida, avvalo, sifat va iqtisodiy samaradorlikni taʼminlaş muhimligi taʼkidlandi.

– Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana byudjetdan pul talab qiladigan yöl emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yöl kerak, – dedi davlatimiz rahbari.

Şu maqsadda polimer bitum va geotekstil texnologiyalaridan foydalanişni yöl qurilişi standartlariga kiritiş, kelgusi yildan xalqaro ahamiyatdagi yöllarni quriş va rekonstruksiya qilişda uşbu talabni majburiy etib belgilaş vazifasi qöyildi.

Temir yöl sohasida taşiş quvvatlarini oşiriş va infratuzilmani istiqboldagi yuk oqimlariga moslaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

“Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli işga tuşişi bilan yuk taşiş hajmi 10 karra oşib, yiliga 15-16 million tonnaga yetişi kutilmoqda. 2030-yilga qadar mamlakatimizda 545 kilometr yangi temir yöl quriş, elektrlaştirilgan yöllar uluşini 65 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.

Angren – Pop va boşqa muhim yönalişlarni modernizatsiya qiliş, Toşkent – Samarqand yönalişida alohida yuqori tezlikdagi temir yöl liniyasini barpo etiş közda tutilgan. Davlatimiz rahbari xalqaro moliya taşkilotlari va investorlarni umumiy qiymati 8 milliard dollarlik uşbu loyihalarda hamkorlik qilişga çaqirdi.

Yuk vagonlari parkini har yili 5-6 mingtaga köpaytiriş uçun tadbirkorlarga soliq imtiyozlari va temir yöl infratuzilmasidan foydalanişda çegirmalar beriladi. Kelgusi yildan sohada yangi tarif siyosati bosqiçma-bosqiç joriy etilib, taşiş xarajatlarini şakllantirişning şaffof tizimi yölga qöyiladi.

Özbekistonni Şarq va Ğarb, Şimol va Janubni boğlovçi yirik quruqlik portiga aylantiriş uçun barça imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Mutasaddilarga Örta yölak imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, xorijlik hamkorlar bilan elektron yuk hujjatlarini özaro tan oliş böyiça kelişuvlarni yakunlaş, yurtimizni dunyoning yirik dengiz portlari bilan boğlovçi blok-poyezdlar qatnovini yölga qöyiş topşirildi.

Keyingi ön yilda mamlakatimizning logistika quvvatlarini 80 million tonnaga yetkaziş maqsad qilingan. Bu borada investorlar bilan hamkorlikda 1,6 milliard dollarlik 9 ta yirik logistika markazini barpo etiş vazifasi belgilandi.

Aviatsiya sohasida ham xususiy investitsiyalarni jalb qiliş va bozor iştirokçilari uçun qulay iqtisodiy şaroitlar yaratiş böyiça yangi taşabbuslar ilgari surildi.

Sönggi yillarda yurtimizda aeroportlar soni 18 taga yetdi. Joriy yilda havo transportida taşiladigan yölovçilar soni 17 million nafarni taşkil etişi kutilmoqda. Yaqin yillarda bu körsatkiçni 25 millionga yetkaziş maqsad qilingan.

Xorijlik hamkorlar iştirokida barpo etilayotgan yangi xalqaro aeroportga tutaş hududda 5 milliard dollarlik “Aerocity” loyihasi amalga oşiriladi. Unda logistika va elektron tijorat markazlari, savdo majmualari, mehmonxonalar va turar joylarni qamrab olgan yaxlit ekotizim yaratiladi.

Mahalliy aviakompaniyalarning raqobatbardoşligini oşiriş maqsadida aviayoqilği narxini jahon bozoridagi örtaça narxga boğlaş, yoqilği, ehtiyot qismlar importi va havo kemalari ijarasi böyiça qöşimça soliq va bojxona imtiyozlarini joriy etiş belgilandi. Mahalliy uçuvçilarni tayyorlaş va işga qabul qiliş majburiyatini olgan aviakompaniyalarga ham alohida yengilliklar beriladi.

Yaratilayotgan şaroitlar hisobiga havo kemalari sonini 2030-yilga qadar kamida 250 taga yetkaziş vazifasi qöyildi. Xalqaro aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirişni rağbatlantiriş maqsadida ular 2030-yilgaça mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etiladi.

Prezidentimiz Yangi Toşkentda zamonaviy kampus, öquv-simulyatsiya va ilmiy-tadqiqot markazlariga ega Özbekiston xalqaro fuqaro aviatsiyasi universitetini taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi.

Uçraşuvda aholiga qulay va sifatli jamoat transporti xizmatlarini körsatiş masalalari ham muhokama qilindi.

Sönggi uç yilda tadbirkorlar tomonidan 3,5 mingdan ziyod zamonaviy avtobus olib kelinib, 330 ta yönaliş yangi tizimga ötkazildi. Natijada kunlik yölovçilar oqimi poytaxtda 2 barobar, hududlarda 2,5 barobar oşdi.

Endilikda poytaxtni aglomeratsiya hududlari bilan boğlovçi, uzunligi 20 kilometrgaça bölgan avtobus yönalişlari töliq “brutto” tizimiga ötkaziladi. Avtobus saroylarini barpo etadigan tadbirkorlarga soliq yengilliklari joriy etilib, olis hududlarda transport xizmatlarini taşkil etişning yangi moliyalaştiriş mexanizmi işlab çiqiladi.

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi ortib borayotganini inobatga olib, kelgusi ikki yilda 28 ta beş vagonli poyezd olib keliş, amaldagi 40 ta tört vagonli poyezdni beş vagonli tizimga ötkaziş belgilandi.

Prezidentimiz investor va tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazib, ularning sohani rivojlantiriş, mavjud muammolarni bartaraf etiş hamda istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş böyiça fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi.

Bir söz bilan aytganda, uşbu taşrif va oçiq muloqot davomida belgilangan vazifalar mamlakatimizning tranzit salohiyatini tubdan oşirişga xizmat qiladi. Yöl qurilişida xalqaro standartlar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarining joriy etilişi, xususiy sektor hamda xorijiy investorlar uçun yaratilayotgan keng imtiyozlar Özbekistonni mintaqaning yirik transport-logistika markaziga aylantiriş, eng muhimi, aholimizga sifatli va xavfsiz transport xizmatlari körsatiş uçun mustahkam zamin yaratadi.

Ziyodulla JONIBEKOV,

ÖzA muxbiri

O‘xshash yangiliklar