O‘zbekistonlik ikki jahon chempioni munosib taqdirlandi: biriga uy, ikkinchisiga 200 million so‘m berildi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha U20 yosh toifasida jahon chempioni bo‘lgan Quvonchbek Ismoilov hamda ayollar kurashi bo‘yicha U17 jahon chempioni Muxlisa Masharipova yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Sportchilar O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Nigmatullo Yo‘ldoshev tomonidan munosib taqdirlandi. Mukofotlash marosimida Quvonchbek Ismoilovga uch xonali uy, Muxlisa Masharipovaga esa 200 million so‘m pul mukofoti topshirildi.
Yosh sportchilarga ko‘rsatilgan bunday e’tibor ularning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari va mamlakat sporti rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun munosib rag‘bat bo‘ldi.
Jahon chempionlarini ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda ham yangi zafarlar tilaymiz!



