«Real» yana kambek qildi, «Siti» va «Arsenal» yana oçko yöqotdi

«Real»da ğalabali seriya
«Real» – PSV 5:1
Gollar: Perişiç, 32 – penalti (0:1). Valverde, 50 (1:1). Bellinghem, 60 (2:1). Mbappe, 64 (3:1). Mbappe, 84 (4:1). Vinisius, 87 (5:1)
«Real»: Kurtua, Eder Militau (Konate, 46), Ryudiger (Hausen, 46), Kukurelya, Valverde, Tçuameni (Bellinghem, 46), Arda Guler (Kamavinga, 70), Silva, Vinisius, Diomande (Dias, 80), Mbappe
PSV: Kovarj, Gertryuyda, Obispo, Kostiç (Gaserovski, 70), Dest, Vanner (Fernandes, 70), Sano (Flamingo, 78), van Bommel (Santos, 83), Perişiç (Bayraktareviç, 46), Til, Meynans
Ogohlantirişlar: Tçuameni, 30. Ryudiger, 44. Kamavinga, 81 – Kostiç, 42
Madriddagi öyinda PSV tezkor gol urişi mumkin edi, ammo darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borgan van Bommelning zarbasidan keyin töp darvoza ustuni yonidan ötib ketdi. Bölim örtalarida esa «Real» darvozasiga penalti belgilandi – VAR aralaşuvidan keyin Tçuameni jarima maydoni içida Meynansning oyoğini bosib olgani maʼlum böldi. Mehmonlar sardori Perişiç nuqtadan benuqson zarba berdi va birdaniga ikkita rekordni yangiladi. U 37 yoş-u 295 kunligida YeÇLda penaltidan gol urgan eng katta yoşli futbolçi, şuningdek, mazkur turnirda madridlar darvozasiga gol urgan eng katta yoşli futbolçiga aylandi.
Umuman, birinçi bölimda öziga muammolar yaratiş va keyin uni yengib ötiş Joze Mourinio jamoasining bu mavsumdagi öziga xos imzosiga aylanmoqda. Şu bilan birga, tanaffus arafasida vaziyat oğirlaşişi mumkin edi, ammo Sanoning boşda yöllagan zarbasiga aniqlik yetişmadi. Mezbonlar safida esa Vinisius Juniorning zarbasidan keyin töp tösin va ustun birlaşgan nuqtaga bordi.
Mourinio tanaffusda Tçuameni örniga Jud Bellinghemni taşladi va darhol öyin özgardi. Angliyalik yarimhimoyaçi avvaliga öng qanotda oçilgan Valverdeni ajoyib pas bilan taʼminladi, ammo urugvaylik futbolçining darvozabon hududiga yetkazgan uzatmasini Mbappe golga aylantira olmadi. Natijada Fede barçasini öz zimmasiga olib, Arda Gulerning tovonda taşlab bergan pasi orqali hisobni tenglaştirdi – 1:1.
Şundan keyin madridliklar şafqatsiz maşinaga aylandi, Bellinghem avvaliga qayçi uslubida yöllagan zarba biroz xato ketdi, ammo u keyingi vaziyatda yanada çiroyli uslubda yöllagan zarbadan keyin töp darvoza töriga borib tuşdi. Bu vaziyatda unda töpni havoda ikki marta öziga moslaştirib, butsasining taşqi qismi bilan zarba yölladi.



