23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Tashqi reklama va qadoqlar yangi alifboga o‘tkaziladi

Jamiyat 22.11.2026 17:00 0Zamin
Tashqi reklama va qadoqlar yangi alifboga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda tashqi reklama vositalari va mahsulot qadoqlarini yangilangan alifboga bosqichma-bosqich o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu tartibni nazarda tutuvchi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, tadbirkorlar 2027 yil 22 apreldan 2028 yil 22 aprelgacha bo‘lgan davrda mahsulot qadoqlari dizayni va bosma shakllarini bosqichma-bosqich o‘zgartirishlari mumkin.

2028 yil 22 apreldan boshlab esa yangi buyurtma qilinadigan mahsulot qadoqlari va yorliqlarida yangilangan alifbodan foydalanish majburiy bo‘ladi.

Shu bilan birga, avval tayyorlangan va eski yozuvdagi qadoqlash materiallaridan 2029 yil 22 aprelga qadar foydalanishga ruxsat berilishi belgilangan.

O‘xshash yangiliklar