24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati hajmi 70 trln so‘mdan oshdi

Iqtisod 24.11.2026 15:35 0Anhor
O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati hajmi 70 trln so‘mdan oshdi

Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda 1 085,7 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,1 foizga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Sanoat ishlab chiqarishining eng katta qismi ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur yo‘nalishda 943,2 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, jami sanoat hajmining 86,9 foizini tashkil etgan.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasidagi ishlab chiqarish hajmi esa 70,3 trln so‘mga yetgan. Uning jami sanoatdagi ulushi 6,5 foizni tashkil qilgan.

Shuningdek:

  • elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash — 66,1 trln so‘m yoki 6,1 foiz;

  • suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish — 6,1 trln so‘m yoki 0,6 foizni tashkil etgan.

O‘zbekistonning 2017–2025-yillardagi YAIM ko‘rsatkichlari qayta hisoblandiO‘zbekistonning 2017–2025-yillardagi YAIM ko‘rsatkichlari qayta hisoblandi

O‘xshash yangiliklar