24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Siyob dehqon bozorida 10 oyda 8 tonna mahsulot isteʼmolga yaroqsiz deb topildi

Iqtisod 24.11.2026 14:37 0Uza
Siyob dehqon bozorida 10 oyda 8 tonna mahsulot isteʼmolga yaroqsiz deb topildi

Viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boşqarmasining maʼlumotlariga köra, bu davrda bozorga keltirilgan göşt va göşt mahsulotlari, baliq, tuxum, ösimlik yoği, don, poliz ekinlari, asal, tuzlangan va quritilgan meva mahsulotlari hamda turli ziravorlar böyiça jami 55 ming 530 ta partiya mahsulot körikdan ötkazilgan.

Nazorat tadbirlari davomida 8 million 165 ming 321 kilogramm, 99 ming 630 boğlam va 4 million 865 ming 775 dona mahsulot isteʼmolga yaroqli deb topildi.

Şu bilan birga, sanitariya va xavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ötkazilgan köriklar natijasida 702 partiyadagi mahsulot isteʼmolga yaroqsiz deb topildi. Ularning umumiy miqdori 8049 kilogramm, 1550 boğlam va 1350 donani taşkil etdi. Isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan mahsulotlar orasida göşt va göşt mahsulotlari, parranda göşti, baliq, don, poliz mahsulotlari, asal, tuzlangan va quritilgan meva hamda ziravorlar bor.

Nazorat tadbirlari viloyatdagi boşqa bozorlarda ham olib borilmoqda.

Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri

O‘xshash yangiliklar