23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniya poytaxtiga yetib bordi

Siyosat 23.11.2026 21:39 1Xabar

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat taşrifi bilan Iordaniyaga keldi.

Mamlakat havo hududida davlatimiz rahbarining samolyotiga Podşohlik Harbiy-havo kuçlarining qiruvçi uçoqlari hamrohlik qildi.

Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va uning rafiqasini Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn va Malikasi Raniya al-Abdulla, şahzoda Ğoziy ibn Muhammad va rafiqasi kutib oldilar.

Oliy martabali mehmonlar şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Yetakçilar rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar va faxriy qorovul safi oldidan ötdilar.

Taşrifning asosiy tadbirlari ertaga, 24-noyabr kuni bölib ötadi.

O‘xshash yangiliklar