Zarifjon Omonqulov Zarbdor tumani hokimi etib tasdiqlandi

Jizzax viloyati Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmatiga köra, 23-noyabr kuni Xalq deputatlari Zarbdor tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körilib, Zarifjon Omonqulov tumanning yangi hokimi lavozimiga tavsiya etilgan.
Deputatlar bir ovozdan uşbu nomzodni tuman hokimligiga tasdiqlaşgan.
Zarifjon Omonqulov şu vaqtgaça Zomin tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari, tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Zarbdor tumani 2025-yil yanvaridan Bekzod Toşpölatov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Avvalroq Jahongir Jumanov Oltiariq tumani hokimi etib tayinlangandi.



