Saida Mirziyoyeva Toshkentda Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yilining ochilishida qatnashdi

Saida Mirziyoyeva Toshkentda O‘zbekiston tashabbusi bilan e’lon qilingan «2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili»ning ochilish marosimida qatnashdi.
U tadbirda BMT Turizm tashkiloti bosh kotibi Shayxa Al Novays va xorijiy delegatsiyalarga prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigini yetkazgan.
Mirziyoyeva O‘zbekiston mehmonlarni doimo mamnuniyat bilan kutib olishini ta’kidlab, har bir sayyoh mamlakatga ishonch va xonadonlarga fayz-baraka olib kelishini qayd etgan.
Avvalroq Anhor.uz Saida Mirziyoyeva Sirdaryoda mahallalar, ta’lim va madaniyat maskanlaridagi sharoitlarni o‘rgangani haqida yozgandi. U aholi bilan muloqot davomida hududda hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘pligini ta’kidlab, mas’ullarni jiddiy ogohlantirgan edi.



