Estoniyada haqiqiy “yakkashox” topildi | Daryo

Estoniyaning Saaremaa orolida ekologlar xuddi ertaklardagidek g‘aroyib manzarani tasvirga oldi. Yovvoyi hayvonlarni kuzatish uchun o‘rnatilgan yashirin kamera qarshisidan peshonasining qoq o‘rtasida shoxsimon o‘simtasi bor kichik kiyik o‘tib ketdi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Aslida Lutreola Foundation tabiatni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari kamera orqali yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan Yevropa norkasini kuzatmoqchi bo‘lgan edi. Kutilmaganda kadrda kiyik paydo bo‘lib, avval chanqog‘ini qondirdi. Shundan so‘ng u qiziqish bilan obyektivga yaqinlashdi va shu payt uning peshonasi o‘rtasidagi g‘ayrioddiy o‘simta yaqqol ko‘rindi.
Bu manzara Estoniya o‘rmonida kichkina yakkashox sayr qilib yurgandek taassurot uyg‘otadi. Tabiat himoyachilari bu noodatiy topilmaga hazil bilan yondashib, Facebook sahifasida shunday deb yozdi:



