Farg‘onadagi tezkor tadbirlar davomida qariyb 17 kilogramm giyohvandlik vositasi olib qo‘yildi | Daryo

Farg‘ona viloyatida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida jinoyat sodir etishga moyil deb hisoblangan 140 nafar shaxsning yashash manzilida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Natijada 108 nafar shaxs noqonuniy buyum va ashyolar saqlab kelgani aniqlangan. Ularning 53 nafari xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari, 55 nafarida esa ma’muriy huquqbuzarlik holatlari qayd etilgan.
Tezkor tadbirlar davomida quyidagilar ashyoviy dalil sifatida olingan:
15 ta sovuq qurol;
16 kilogramm 760 gramm giyohvandlik vositasi;
bitta ov quroli;
16 ta patron;
7 ta pnevmatik qurol;
boshqa buyumlar.
Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan ikki nafar shaxs ushlangan. Noqonuniy diniy ta’lim berish bilan bog‘liq bitta holat ham aniqlangan.
Avvalroq Toshkentda giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.



