«Issiqlik elektr stansiyalari»ga yangi rais tayinlandi

Ozod Odiloviç Axunov «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boşqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.
Ozod Axunov 1987-yil 27-sentabrda Toşkent şahrida tuğilgan. 2010-yilda Toşkent davlat texnika universitetining bakalavr, 2012-yilda Toşkent davlat texnika universitetining magistratura bosqiçini tamomlagan.
U faoliyati davomida «Toşkent issiqlik elektr stansiyasi» unitar korxonasi, «Özbekenergo» aksiyadorlik jamiyati va Energetika vazirligi Işlab çiqariş quvvatlarini muvofiqlaştiriş boşqarmasida turli lavozimlarda işlagan.
Bungaça Axunov 2024-yildan buyon mazkur kompaniya boşqaruvi raisining işlab çiqariş, mahalliylaştiriş, kooperatsion aloqalarni kengaytiriş böyiça birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Maʼlumot uçun, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ rahbari lavozimida 2023-yil iyulidan buyon Abdumalik Nazirov işlab kelayotgandi. Bugun Jörayev «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ raisi lavozimiga ötkazildi.



