25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

“Issiqlik elektr stansiyalari”ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi | Daryo

O'zbekiston 25.11.2026 13:19 1Daryo
“Issiqlik elektr stansiyalari”ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi | Daryo

Ozod Oxunov “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Tayinlovga qadar u 2024-yil 20-mayidan buyon “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJga 2023-yil iyulidan buyon raislik qilib kelgan Bahodir Jo‘rayev 25-noyabr kuni “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangandi.

Bundan avval Atom energiyasi agentligining AES qurilishi direksiyasi direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan Otabek Amanov energetika vazirining oʻrinbosari lavozimiga lavozimiga, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Abdumalik Nazirov Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

O‘xshash yangiliklar