25.11.2026, Chorshanba+14.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+14.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Tashkent City Mall'da Yangi yil archasining chiroqlari tantanali ravishda yoqildi (video)

O'zbekiston 25.11.2026 13:07 1Zamin
Tashkent City Mall'da Yangi yil archasining chiroqlari tantanali ravishda yoqildi (video)

Toshkentdagi Tashkent City Mall savdo majmuasida Yangi yil archasini yoqish marosimi ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Bayram kechasi «Shelkunchik» baletining sehrli ohanglari, musiqiy chiqishlar va ajoyib tomoshalar bilan yanada fayzli tus oldi.

Shuningdek, Tashkent City hududidagi binolar fasadida ham mashhur balet kuylariga hamohang tarzda rang-barang yorug‘lik namoyishlari tashkil etildi. Yorqin proyeksiyalar atrofga o‘zgacha chiroy bag‘ishlab, bayramona manzarani yanada boyitdi.

Yangi yil bezaklari, jilolangan chiroqlar va sehrli musiqa sadolari poytaxt markazida o‘ziga xos bayram muhitini yaratdi. Tashkent City hududi esa go‘yo ertaklar olamiga aylanib, tashrif buyuruvchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

O‘xshash yangiliklar