Har doim ham foydali emas: ko‘k choyning ko‘pchilik bilmaydigan nojo‘ya ta’sirlari haqida | Daryo

Ko‘k choyni muntazam ichish miya faoliyatini yaxshilashga, ortiqcha yog‘larni eritishga va qondagi xolesterin miqdorini kamaytirib, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini pasaytirishga yordam beradi. Biroq har qanday mahsulot kabi ko‘k choyning ham o‘ziga xos xususiyatlari bor. Uning tarkibidagi kofein va ayrim faol moddalar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Quyida ko‘k choy ichish natijasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan oltita nojo‘ya ta’sir haqida ma’lumot beriladi.
Oshqozon-ichak muammolari
Aksariyat insonlar oddiy ko‘k choyni hech qanday muammosiz ichadi. Biroq ko‘k choy ekstraktini biologik faol qo‘shimcha (BFQ) shaklida qabul qilish oshqozon buzilishi, ko‘ngil aynishi va ich qotishiga olib kelishi mumkin. Agar shunday noqulaylik sezsangiz, qo‘shimcha qo‘shimcha ekstraktli choyning dozasini kamaytiring yoki oddiy damlangan choy ichishga o‘ting.
Qon bosimining oshishi

Hi-tech
Ko‘k choy tarkibida kofein borligi sababli uni ko‘p iste’mol qilish qon bosimi ko‘tarilishi, yurak urishi tezlashishi, bosh og‘rig‘i va bezovtalikka sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holat kuniga 400 milligrammdan ortiq kofein qabul qilinganda kuzatiladi. Kofeinga ta’sirchan bo‘lsangiz, kofeinsizlantirilgan ko‘k choy tanlaganingiz ma’qul.



