Istanbulning Sariyer tumanida sher erkin yurgani aniqlandi. Aholidan ko‘chaga chiqmaslik so‘raldi (video) | Daryo

Istanbulning Sariyer tumanida sher ko‘ringani haqidagi xabarlardan so‘ng qidiruv operatsiyasi boshlandi. Mutaxassislar yirtqichni topish va tutishga urinayotgan bir paytda mahalliy aholidan uyda qolish so‘raldi. Bu haqda Turkiye Today xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qidiruv ishlariga Uskumruko‘y mahallasidan 112 favqulodda yordam xizmatiga kelib tushgan qo‘ng‘iroq sabab bo‘lgan. Guvohlardan biri sher ko‘rganini aytgan. Kuzatuv kameralari tasvirlarini ko‘zdan kechirgan mutaxassislar hayvonni aniqlagan va uni dastlabki taxminlarga ko‘ra urg‘ochi sher deb topgan.
Atrof-muhitni muhofaza qilish xodimlari va jandarmeriya ishtirokidagi dastlabki qidiruvlar natija bermadi. Keyinroq termovizualizatsiya yordamida hayvonning o‘rmonli hududda ekani aniqlandi. Shundan so‘ng uni tutish operatsiyasi boshlandi.
https://twitter.com/onaytvmedya/status/2124638210869572087
Sariyer tumani hokimi Oktay Aksu aholini ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.



