“Jahon chempioni bo‘lishi kerak” — Assaubayeva Sindorov haqida | Daryo

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bugun Jenevada shaxmat bo‘yicha Jahon chempionligi uchun hindistonlik amaldagi chempion Gukesh Dommarajuga qarshi oq donalarda bahs olib boradi. Muhim uchrashuv oldidan uning yaqin do‘sti, Bibisora Assaubayeva ham Sindorovni qo‘llab-quvvatlash uchun Jenevaga yetib keldi.
Qozog‘istonlik grossmeyster o‘zbekistonlik shaxmatchi bilan munosabati, uning Jahon chempionligi uchun bahsdagi imkoniyatlari va bir-birini qo‘llab-quvvatlashi haqida gapirdi.
Assaubayeva Total Chess YouTube kanaliga bergan intervyusida Sindorov bilan ilk bor qanday tanishgani, bolalikdagi xotiralari va birgalikda qatnashgan musobaqalari haqida so‘zlab berdi.
Grossmeysterning ta’kidlashicha, Javohirning Nomzodlar turniridagi ishtirokini kuzatish uning o‘zi uchun ham katta hayajon bilan kechgan. Chunki ikkala shaxmatchi ham bir vaqtning o‘zida musobaqada qatnashgani sababli bir-birini odatdagidek qo‘llab-quvvatlay olmagan.



